kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhi bolalariga matematika mashg’ulotlarida fazo haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Tarbiyachining jamiyatda tutgan o’rni kasbiga qaratilgan va bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashga yo’naltirilgan qonun, Prezident farmonlari va me’yoriy hujjatlarni o’rganish.
Tarbiyachining turli fanlarga qiziqishi va bolalarga munosabatlarini o’rganish yuzasidan xulosalar ishlab chiqish.
Matematika mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablarni o’rganish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazo haqida tushunchalarni shakllantirishni ta’minlaydigan vositalar ishlab chqish va tajribada tekshirish.
O’yin orqali matematik tasavvurlarni shakllantirishni asoslash.
Tadqiqotning obyekti: MTM tayyorlov guruh bolalarini fazo bo’yicha mo’ljal olishga o’rgatish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Tayyorlov gurux bolalarini fazo bo’yicha mo’ljal olishga o’rgatishning mazmuni.
Tadqiqotning metodlari:
Tadqiqot mavzusi va muammolari yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarni o’rganish.
Kuzatish metodi.
Eksperiment-tajriba sinov metodi
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.
Tadqiqotning metodoligik asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, Barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan va jamiyatda tarbiyachi maqomini yuksaltirishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi “Talim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi qonunlar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy xujjatlar, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik asarlar, Olimlarning matematik tasavvurlarni shakllantirishga oid ta’limotlari mazkur tadqiqot ishining metodologik asosi hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati:Tadqiqot jarayonida tarbiyachi ish faoliyatidagi kamchiliklar va muammolar o’rganilib chiqildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi ish faoliyati kuzatildi, tahlil qilindi va ularga uslubiy yordamlar berildi. Hamda ularni amaliyotda qo’llash yo’llari ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:Tadqiqot natijalariga ko’ra mtmda tarbiyachining faoliyati samaradorligi va ish sifatini oshirishga oid ma’lumotlarni to’plash hamda tarbiyachining pedagogik faoliyati jarayonida unga amaliy yordam berish bilan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |