Mavzu: O`yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishni o`rgatish. Turli yosh guruhlarda bolalarni o`yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o`rgatish usullari



Download 83,74 Kb.
Sana01.04.2021
Hajmi83,74 Kb.
#62379
Bog'liq
7-mavzu

MAVZU:O`yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishni o`rgatish. Turli yosh guruhlarda bolalarni o`yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o`rgatish usullari

Reja: 1. O`yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishni o`rgatishning ahamiyati haqida. 2. O‘yinchoqlarga qo‘yiladigan talablar haqida. 3. Turli yosh guruhlarida bolalarni o`yinchoqlar va predmetlarga qarab hikoya tuzishga o`rgatish usullari. 4.O‘yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish usullari haqida.

O‘yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo'ldosh, quvonch manbaidir. O‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun moijallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buvum hisoblanadi. Unda buyumlaming tipik xususiyallari umumiy tarzda aks etadi.

Pedagog A.S.Makarenko, «O‘yinchoq o'yinining «material asosi», o'yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o'ziga xos sherigi sifatida namoyon bo'ladi deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o'yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o'rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar kolamini ulaming materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta'kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlasli kabi qobiliyatlami rivojlantiradi.

O‘yinchoq bolalarda - ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni (mehribonlik, avaylash, e'tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy mu- nosabatni uyg‘otadi. O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan,


pedagogik gigiyenik badiiy

talab orqali o‘yinchoq tanlanadi


Pedagogik talab. O‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O‘yinchoq bolada olijanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlami tarbiyalash, voqeylikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy, axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.

O‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi:


Gigiyenik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tay- yorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.

Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, ta’kidlab, o yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlaming tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.

To’g’ ri tanlangan o’yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi. Buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.

texnika o‘yinchoqlari

qurish-yasash, qurilish materiallari o'yinchoqlari

didaktik o‘yinchoq va o'yinlar

sport va harakatli o‘yinlar uchun mo'ljallangan o‘yinchoqlar



yig‘ma-bo‘linma o‘yinchoqlar

teatr va dekorativ o‘yinchoqlar

o‘yinchoq-ermaklar

ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar

qo’lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari

syujetli-obrazli



O‘yinchoqlarni turlari va ko‘rinishlari bo'yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:

Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli. O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yinchoqlarning tashqi ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so'zlarning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash Tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi.


Download 83,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish