olayib turdi-da, ko`ksidan shamol g`uvurini ham, o`z vujudini ham larzaga
soluvchi bir nido otilib chiqdi:
- Oyi-i-i! (17-b)
2. Qiziq onasining qo`li muzdek edi!
- Oyi! Oyijo-on! – dedi hayqirib. Keyingi so`zlar bo`g`zidan yig`i aralash
otilib chiqdi. – Oyi-i! (38-b)
3. Yuragining tub-tubidan otilib chiqqan bu savol a’zoyi badanini o`rtab
yubordi. - Oyi-i-i! – dedi ingrab. (38-b)
Badiiy asarda qahramonning turlicha bo`lgan kayfiyatini ifodalash, uning
xarakteridagi o`zgarishlarni to`la ko`rsatish uchun so`z san’atkorlari bir matnda
aynan bir so`zni turli xil shakllarda keltiradilar. Bunga yuqoridagi “oyi “ so`zining
uch xil ko`rinishda kelganligini misol keltirsak bo`ladi. Gapdagi “oyi” so`ziga
e’tibor qaratilsa, asardagi ahramonning turli holati, ya’ni to`lqinlanishi, hayajoni
yanada ortib, bo`rttirib borilayotganligi, qahramondagi afsus va nadomatning
tobora kuchayib ketayotganligini o`quvchi tezda anglab oladi.
4.Hafsalasizlik, umidsizlik ma’nosini ifodalaydi: Bitta-bitta yur-e-eb
talabalar shaharchasiga keladi.
5.Ta’kidlash, kesatish ma’nosida: Kontrolyor ko`rinmaydimi? Daf bo`lsin.
Bolalarga achinadi-da, odam. Talabada pul nima qilsin! Shunaqa-ku, yelkasiga
magnitafon osib, chiroyli-chiroyli qizlarni qo`ltiqlab yuradigan qancha.
Magnitofonga yetgan pul pattaga yetmaydimi? Yo`-o`q, olmaydi. Yuradi otasining
soyai davlatida magnitafon varanglatib.
6. –Kechirasiz, singlim, o`tib ketsam…Rahmat.
“Voy- bo`-o`! Atirga cho`milganmi bu xotin, nima balo, dimog`ni yoradi-
ya! (57-62-betlar).
Xursandchilik, kayfiyatning yaxshiligi, shodlanish:
7. - Iloyo yoshlar baxtli bo`lsin! – dedi qiroat bilan. – Dasturxon xo`-o`-o`p
to`kin bo`ptida, ukam. Rahmat! (248-b).
8. Hayratlanish, taajjub, esankirash: – Nega? – dedi ingrab. – Nega?
Insoflaring bormi? Aytinglar, bolam nima gunoh qiluvdi? – Yerga muk tushdi-da,
namiqqan taxta polni qo`shqo`llab ojiz mushtlay boshladi.
- Nega? Nega? Nega-a-a!!! (66-b).
9. Koryaginning yuragi orziqib ketdi. “Natashenka bilan teng bo`lishi
kerak”. Qizning allaqayeri chindan ham Natashenkaga o`xshab ketardi. Bo`y-
bastimi, oppoq yuzimi…Yo`-o`q! Natasha bunaqa qiltiriq emas, rangi ham zahil
emas, sog`lom, o`ktam…(101-b).
So`z bo`g`inlarida ishtirok etmagan alohida, yakka holda olingan birgina
unli ham cho`zib talaffuz qilinishi mumkin. Bunday holatda ishonchsizlik, hayrat,
kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi. Bu esa fonostilistik jihatdan bir so`zdagi unli
tovushlarni uning turli bo`g`inlarida cho`zib talaffuz qilinishi ham ahamiyatlidir:
10. - O-o-o! tiling burro-ku! – Ukasining gapi Koryaginning esiga tushdi.
Ukasi kim – oddiy master. Dodini kimga aytardi? Endi aybni biz tomonga
ag`darmoqchimisan?!
11. – O`-o`-o`! – dedi chuqur xo`rsinib. – Jonning rohatiya, Jumanov… -
stakanni stolga qo`ymay, unga teshib yuborgudek tikildi. (112-117-betlar).
Bu gapda so`zlovchining tinglovchiga nisbatan shafqatsizligi, bepisandliligi,
mensimalik kabi bir qancha salbiy bo`yoq ma’nosidagi so`zlar birgina nutq
tovushiga yuklatilgan.
12. – Yo`-yo`-yo`! – Hoji aka keskin bosh chayqadi. – Biz ham no`sh
Do'stlaringiz bilan baham: |