Mavzu: O`tkir Hoshimov hikoyalarining lingvopoetik tahlili


Natijalarning e’lon qilinganligi



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/69
Sana31.10.2020
Hajmi0,76 Mb.
#51702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
otkir hoshimov hikoyalarining lingvopoetik tahlili

Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni muallif 

tomonidan e’lon qilingan oltita maqola va tezislarda o`z ifodasini topgan.  



Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.  Dissertatsiya  kirish,  uch  asosiy  bob, 

xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro`yxatidan  iborat.  Times  New  Roman 

shriftining 1,5 intervali 14 kegel kattaligida   sahifani tashkil etadi.  

 

 

 



 

 

   



                   


Kirish.

 

O`zbek  tilshunosligida  keyingi  yillarda  badiiy  adabiyot  tili  muammolari, 



muayyan  bir  ijodkorning  tildan  foydalanish  mahorati,  yozuvchining  u  yoki  bu  til 

sathi  birliklarini  qo`llashdagi  o`ziga  xosliklarni  aniq  va  batafsil  ochib  berishga 

mo`ljallangan 

juda 


ko`plab 

tadqiqotlar 

yaratilib 

kelinmoqda. 

Bunday 

tadqiqotlarning  debochasi  sifatida  bir  qator  ishlarni  ko`rsatish  mumkin.  Ilk 

debochalar qatoriga Alisher    Navoiyning nasriy  va nazmiy  asarlarining tili badiiy 

mahorat  jihatidan  o`rganilgan,  ulug`  mutafakkirning  badiiy  uslubiga  xos  lisoniy 

vositalar  mohiyatini  ochib  berishga  harakat  qilingan.  Bugungi  kunga  kelib  badiiy 

asar tili muammolari bilan shug’ullanishning jiddiy tus olganligi til birliklarining 

adabiy asarda namoyon bo`lish xususiyatlarini tobora oydin tasavvur qilishimizga, 

ularning badiiy adabiyotda shakllanishi va badiiy estetik ta’sirini kengroq doirada 

tushunishimizga ko`makchi vazifasini o`tab kelmoqda. Tilimizdagi barcha birliklar 

badiiy  adabiyotda  badiiy  tasvir  vositasi  vazifasini  bajarsa-da,  ularning  ekspressiv 

jihatdan  ma’no  anglatishi  va  adabiy  asardagi  lisoniy  va  badiiy-estetik  vazifasini 

batafsil tahlil qilish uchun juda ko`plab tadqiqotlar yaratilishi lozim.  

Tilning  turli  qirralarini  uzviy  tarzda  birlashtirib,  uni  yaxlit  bir  butunlik,  bir 

sistema  sifatida  o`rganuvchi  tilshunoslik  asrimizning  20-yillarida  shakllandi  va 

sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo`ldi. Shuni aytib o`tish kerakki, 

Ferdinant  de  Sossyur  asos  solgan  XX  asr  sistem    tilshunosligi  bag`rida  o`nlab 

yangi  lingvistik  oqim  va  maktablar  vujudga  keldi,  ularda  ulkan  zamonaviy 

yutuqlar qo`lga kiritildi. 

Ma’lumki,  tilshunoslikning  lingvopoetikaga  oid  bugungi  kun  taraqqiyotida 

badiiy  tilni  o`rganishda  ko`proq  leksik  birliklarning  lingvopoetikasiga  oid  ishlar 

ko`zga  tashlanadi.  Adiblar  badiiy  asarlarining  tilini  chuqur  tahlil  etish,  leksik-

semantik,  grammatik  birliklarning  asardagi  badiiy-estetik  qimmatini  ochib  berish 

va  ayni  lingvopoetik    maqsadlar  bilan  yoritish  borasida  X.  Doniyorov,  S. 

Mirzayev, X. Samadov, I. Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, N. Mahmudov hamda Sh. 

Shoabdurahmonovlar  alohida  diqqatga  sazovor  bir  qancha  ishlarni  amalga 

oshirishgan.  Ko`rinib  turibdiki,  o`zbek  tilshunosligida  badiiy  asar  tilining 




lingvopoetikasi  bo`yicha  ancha-muncha  ish  qilingan.  Ammo  bu  yo`nalishdagi 

tadqiqotlar doirasi qanchalik katta bo`lishiga qaramasdan, ular badiiy adabiyotimiz 

tarixida  alohida  o`rin  tutadigan  jiddiy  asarlarning  barchasini  qamrab  olgan  deb 

bo`lmaydi. 

Ma`lumki,  so`z  badiiy  tasvirning  asosiy  vositasi,  obraz  yaratishning,  uni 

individuallashtirishning  muhim  omillaridan  biri  sanaladi.  So`zsiz,  ekspressivlikni 

ifodalovchi fonetik, morfologik, sintaktik vositalar ishtirokisiz obyektiv borliqdagi 

narsa predmetlarni, hodisalarni aniq tasvirlash mumkin emas. Azal-azaldan so`zlar 

vositasida  ana  shunday  leksik-semantik  guruhlar  va  turli  xil  ma`no  ko`chish 

yo`llarini  hosil  qilishgan.  Buning  natijasi  o`laroq  asar  badiiy  saviyasi  oshgan  va 

o`z badiiy qimmatini saqlagan holda avlodlargacha yetib kelgan. 

 Sistemaviy  tilshunoslikning  dunyo  bo`yicha  keng  tarqalishi  turli  sistemaga 

mansub  tillarning  ichki  tuzilishini  sistema  sifatida  tadqiq  etishga  e’tiborni 

kuchaytirdi.  Tilning  barcha  sathlari  sistemaviylik  tamoyillari  asosida  o`rganila 

boshlandi. Xususan, o`zbek tilining fonetikasidan tortib sintaksisiga qadar bir qator 

tilshunoslar  tomonidan  sistemaviy  asosda  tadqiq  etildi.  Bu  o`zbek  tilshunosligida 

katta  burilish  bo`ldi

9

.  Asarda  til  birliklari  juda  xilma-xil  shakllarda  namoyon 



bo’ladi.  Badiiy  asar  tili  muallif oldiga  asarning  ta’sir  kuchini kuchaytirish  uchun 

tilning barcha fonetik, leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, 

tanlash  va  yozuvchining  o’zigagina  xos  bo’lgan  ifoda  shakllarini  yaratish 

imkoniyatini qo’yadi.  

   

 

 



 

 

Birinchi bob 

 

                                           



9

 Iskandarova Sh. Leksik-semantik sistema talqinlari. O`zbek tili va adabiyoti. 2009-yil  2-son, 43-b. 





Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish