Mavzu: O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi To’garak mashg’uloti


Yozilgan va chop etilgan asarlari



Download 1,41 Mb.
bet3/11
Sana26.04.2022
Hajmi1,41 Mb.
#583510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu otkir

Yozilgan va chop etilgan asarlari

Janri

Chop etilgan yillari

Urushning so`nggi qurboni”, “Muhabbat”

Hikoya

Ijodiy faoliyati davomida

Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”.

Romanlar

Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”, “Ikki karra ikki besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”

Qissalar

Qatag`on”, “Inson sadoqati”, “To`ylar muborak”.

Dramalar



XALQ MEHRINI QOZONGAN ADIB
R E J A:


1.O’tkir Hoshimovning hayoti va ijod yo’lining boshlanishi.
2.Ustoz otangdek ulug`.(Ota hayot beradi, ustoz yashashga
o`rgatadi.Tug`ilish oson, yashash qiyin ).
3. Dunyoning sakkizinchi mo`jizasi
4. “Bahor qaytmaydi” asarida falsafiy teranlik.
5.Insonga taqdim etilgan bebaho ne`mat.
6.Vijdonning tubidagi tengsiz azoblar.
7. Yozuvchining eng katta orzusi


O'tkir Hoshimov o'ndan ortiq roman va qissalar, biri-biridan ta'sirchan ko'plab hikoyalar, bir necha hayajonli dramatik asarlar muallifi. Dastlabki qissasi bilan mashhur adib Abdulla Qahhorning nazariga tushgan. O'. Hoshimovning «Cho'l havosi» qissasini o'qigan adib yozuvchiga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytgan, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o'qiladi»gan asar yozgani bilan tabriklagan edi.
O'tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkentning Do'mbirobod qishlog'ida ishchi oilasida tug'ilgan. Otasi Atoulloxon Hoshimov tazyiqlardan bezor bo’lib Do’mbirobodga ko’chib kelgan, xarobagina kulbada tirikchilik qila boshlaganlar. Otasi ilmli inson bo’lgani uchun eski kitoblarni ham, zamonaviy adabiyot va gazetalarni ham o’qib borar. Onasi Hoshimova Hakima sodda, donishmand ayol edi.O’tkir Hoshimov o’zining birinchi she’rini 5-sinfda o’qiyotganda yozgan.
U o’rta maktabni bitirgach, 1959-64 yillar Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo’limida ta’lim oldi. Keyinchalik u “Toshkent haqiqati”, “Sovet O’zbekistoni”, 1966- yildan “Toshkent oqshomi” ro’znomasi muharririyatida bo’lim mudiri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o’rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda u Oliy Majlis deputatidir. O’tkir Hoshimov o’z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. 1962 -yilda uning “Po’lat chavandozlar” ocherklar to’plami bosilib chiqdi. Shundan keyin uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qo’liga 1borib tegdi. Uning ilk qissasi “Cho’l havosi” (1964) adabiy jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa haqida o’sha paytda juda yaxshi fikr bildirgan. O’tkir Hoshimovning bu qissasiga yozgan oq yo’lida u “Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo’ladi”, - deb bashorat qilgan edi. Shu asardan yozuvchining izlanish va mashqlar davri boshlandi. Adib ijodidagi ilk qadamlaridayoq inson ma’naviyati, ruhiyati, hissiyoti, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida ko’ringan edi. Roman, qissa, hikoyalarida so’z san’atining azaliy bosh muammosi – inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda ko’p o’rinlarda personajlar ruhiyatidagi g’oyat nafis jarayonlarni san’atkorona ifoda etardi. “Cho’l havosi”, “Muhabbat”, “Nigora”, “Shamol esaveradi” nomli hikoya va qissalar shundan dalolatdir.
Keyinroq u dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga ko’proq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma’naviyat, ruhiyat tahliliga bag’ishlangan asarlar ustida ish olib bordi. Yozuvchining shu yo’nalishdagi “Qalbingga quloq sol” (1973), ayniqsa, “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari” (1982) qissalari unga katta shuhrat keltirdi.
O’tkir Hoshimov asardan-asarga o’sib bordi. Unda nafosat tuyg’usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma’naviy inqirozi, fojeasi, halokati tasvirida ham shu tuyg’usini saqlab qoladi. Ayniqsa, u yaxshi, oliyjanob, ma’naviy barkamol odamlar qalbi tahlilida o’zini nihoyatda erkin his etadi. Uning ijobiy qahramonlari aksari go’dakday beg’ubor, nafosat tuyg’usiga boy, hissiyotli, o’ta ta’sirchan odamlardir. Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning “Dunyoning ishlari” qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz saxovati to’g’risidagi o’ziga xos qasidadir. Asardagi Ona – farzandi, uning oromi, baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab o’zbek onalarining timsoliga aylandi. Har bir o’zbek kitobxoni unda o’z onasining qandaydir fazilatini topgandek bo’ladi.
Audio savol: Aytingchi, duyodagi qaysi bir shoir, qaysi bir adib, qaysi bir musavvir ona mehrini shu qadar teran tasvirlay olgan?!
Qissadagi “Alla”, “Oq marmar, qora marmar” kabi novellalarda onaning farzandi qalbida qoldirgan armonlari haqida o’tkir yozilgan. Kishi bularni o’qir ekan, tasvirdan ko’ngli allanechuk bo’lib ketadi
O’tkir Hoshimovning “Oq kamalak” to’plami ham hayotiy muammolar, to’g’rirog’i, turmush tashvishlari to’g’risida bahs yuritadi.
Yozuvchining birinchi romani – “Nur borki, soya bor” 1977 yili nashr qilindi. Roman chiqishi hamono turli fikr-mulohazalarga sabab bo’ldi. Asarda ko’pgina hayotiy, muhim ahamiyatga ega muammolar ko’tarilgan edi. Bular azaldan kishilik jamiyatining falsafasi bo’lmish “nur” va “soya”lar orasidagi kurash, tortishuv fonida yoritiladi.
Asar o’z davrida adabiy tanqidchilik tomonidan iliq kutib olindi, unga munosib baho berildi, faqat romanga keskin to’qnashuvlar va kolliziyalar etishmasligi qayd qilindi. Bundan tashqari
O’tkir Hoshimov O’rta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan “To’ylar muborak”, “Sizdan ugina, bizdan bugina”, “Qatag’on”,“Inson sadoqati”, kabi pyesalarining muallifidir.)
O’tkir Hoshimov E.Xeminguey, K.Simonov, A.Kuprin, O.Berggols singari yozuvchilar asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Ijodkor 80-yillar o’zbek publisistikasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan adiblardan biridir. Uning odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho’ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko’rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir.(Vidio 4)




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish