Molik (egalik qila olmaslik) bo’la olmaslik modusi-
shaxsning O’z maqsad va yutuqlarini, haqiqiy kasbiy faoliyatini namoyon eta olmasligi. Yuqoridagi moduslar asosida shaxning ruhiyatida zO’riqish, ruhiy tushkinlik, kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlik, atrofidagilar tomonidan uning tan olinmasligini his qilish rO’y beradi. Bundan tashqari shaxsning emotsional zO’riqishlariga quyidagi uchta omil ham ta‘sir qiladi ular:
Ijtimoiy omil
Shaxsiy hayotidagi muammolar
Atrof-muhit yoki ish joyidagi muhit.
Quyida ijtimoiy omillar ta‘sirida pedagog ruhiyatida yuz beradigan O’zgarishlarga tO’xtalib O’tamiz:
Pedagogning haqiqiy xizmatlarini tan olinmasligi;
Uning rahbariyat tomonidan huquq va erkinligini
chegaralanganligi;
Ish joyidagi axloqiy-etik talablarning real voqelikka
tO’g‗ri kelmasligi;
Ilg‗or zamonaviy texnologiyalarning amalga oshirishidagi
tO’siqlarga duch kelishi, faolligi, ilg‗or g‗oya va
qarashlarini rad etilishi;
Oilaviy muammolar.
Farmanyuk O’z tadqiqotida shaxsdagi emotsional zO’riqish simptomlarining quyidagi variantlarini aniqladi:
Emotsional zO’riqishning his qilish;
Asab tizimining izdan chiqishi;
Xolsizlanish, tinkasi qurish;
Insonparvarlikning rad etilishi;
Shaxsning tan olinmasligi;
Atrofdagilarning yuzaki muloqoti.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosaga kelish mumkin, shaxsdagi charchoq, ruhiy tushkinlik, asab tizimining buzilishi, psixosomatik muammolar, uyqusizlik, atrofdagilarga loqayd qarash, bajarilayotgan faoliyatga salbiy munosabatda bO’lishlik, jahldorlik, O’ziga nisbatan yomon munosabatda bO’lish yoki ishonchsizlik, havotirlanish holatlari, pessimist bO’lish, bO’layotgan voqealarga befarqlik, aybdorlik hissi shaxsda ruhiy zO’riqishni kelib chiqishiga sabab bO’ladi. Bularni bartaraf etish uchun esa psixologik xizmatni yanada takomillashtirish lozim. Psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning har tomonlama mukammal psixologik taraqqiyotini ta‘minlovchi oqilona, zarur shart-sharoitlar, omillar, qulay vaziyat va muhit yaratishdan iboratdir.
Ma‘lumki umumta‘lim va O’rta maxsus ta‘lim tizimida psixologik xizmat yO’lga qO’yilgan shu bilan birga ta‘lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va rahbar xodimlarning malaka oshirish kurslari jarayonida ham psixologik yordam kO’rsatish ular faoliyatini yanada mazmunli va samaralibO’lishiga turtki bO’ladi. Agarda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida ham psixologik xizmat yO’lga qO’yilsa, pedagog kadr va rahbarlarning shaxsiy va kasbiy faoliyatidagi muammolar hal etiladi. Bu esa barqaror taraqqiyotga erishishga asosiy omil bO’lib xizmat qiladi
O’smirlarning O’quv faoliyatidagi hissiy zO’riqishlarini O’rganish maqsadida O’smirlari
bilan Yu. V. Shcherbatixning ―O’quv faoliyati bilan bog‗liq stresslarni O’rganish‖ testi va S. Kouxen va G. Vilyamsonlarning ―Hissiy zO’riqishlarga chidamlilikni baholash‖ testi O’tkazildi. Unda 60 nafar O’smirlar ishtirok etishdi. O’smirlarda hissiy zO’riqishlarni paydo bO’lishiga sabab bO’luvchi muammolar 10 ballik shkala bO’yicha baholandi va uning natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |