Quyida ijtimoiy omillar ta‘sirida pedagog ruhiyatida yuz beradigan o‗zgarishlarga to‗xtalib
43
Pedagogning haqiqiy xizmatlarini tan olinmasligi;
Uning rahbariyat tomonidan huquq va erkinligini
chegaralanganligi;
Ish joyidagi axloqiy-etik talablarning real voqelikka
to‗g‗ri kelmasligi;
Ilg‗or zamonaviy texnologiyalarning amalga oshirishidagi
to‗siqlarga duch kelishi, faolligi, ilg‗or g‗oya va
qarashlarini rad etilishi;
Oilaviy muammolar.
T.V.Farmanyuk o‗z tadqiqotida shaxsdagi emotsional zo‗riqish
simptomlarining quyidagi variantlarini aniqladi:
Emotsional zo‗riqishning his qilish;
Asab tizimining izdan chiqishi;
Xolsizlanish, tinkasi qurish;
Insonparvarlikning rad etilishi;
Shaxsning tan olinmasligi;
Atrofdagilarning yuzaki muloqoti.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosaga kelish mumkin, shaxsdagi charchoq, ruhiy
tushkinlik, asab tizimining buzilishi, psixosomatik muammolar, uyqusizlik, atrofdagilarga
loqayd qarash, bajarilayotgan faoliyatga salbiy munosabatda bo‗lishlik, jahldorlik, o‗ziga
nisbatan yomon munosabatda bo‗lish yoki ishonchsizlik, havotirlanish holatlari, pessimist
bo‗lish, bo‗layotgan voqealarga befarqlik, aybdorlik hissi shaxsda ruhiy zo‗riqishni kelib
chiqishiga sabab bo‗ladi. Bularni bartaraf etish uchun esa psixologik xizmatni yanada
takomillashtirish lozim. Psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning har tomonlama mukammal
psixologik taraqqiyotini ta‘minlovchi oqilona, zarur shart-sharoitlar, omillar, qulay vaziyat va
muhit yaratishdan iboratdir.
Ma‘lumki umumta‘lim va o‗rta maxsus ta‘lim tizimida psixologik xizmat yo‗lga
qo‗yilgan shu bilan birga ta‘lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va rahbar xodimlarning
malaka oshirish kurslari jarayonida ham psixologik yordam ko‗rsatish ular faoliyatini yanada
mazmunli va samaralibo‗lishiga turtki bo‗ladi. Agarda pedagog kadrlarning malakasini oshirish
va qayta tayyorlash tizimida ham psixologik xizmat yo‗lga qo‗yilsa, pedagog kadr va
rahbarlarning shaxsiy va kasbiy faoliyatidagi muammolar hal etiladi. Bu esa barqaror
taraqqiyotga erishishga asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi
O‗smirlarning o‗quv faoliyatidagi hissiy zo‗riqishlarini o‗rganish maqsadida o‗smirlari
44
bilan Yu. V. Shcherbatixning ―O‗quv faoliyati bilan bog‗liq stresslarni o‗rganish‖ testi va S.
Kouxen va G. Vilyamsonlarning ―Hissiy zo‗riqishlarga chidamlilikni baholash‖ testi o‗tkazildi.
Unda 60 nafar o‗smirlar ishtirok etishdi. O‗smirlarda hissiy zo‗riqishlarni paydo bo‗lishiga sabab
bo‗luvchi muammolar 10 ballik shkala bo‗yicha baholandi va uning natijasi quyidagi jadvalda
keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: