Mavzu:O`sish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
Organizm va muhit.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi faniturli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir.
Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada.
Maqsadi - yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat.
Vazifasi - o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi.
Gigiyena - grekcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidemologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.
Usib borayotgan organizmda a'zo va tizimlarning morfo - funktsional shakllanishini bilish pedagog va psixologlar uchun juda muxim. Tarbiya va uxitishning samaradorligi bolalar organizm ining anatomo - fiziologik Xolatlarini e' ti bo rga o lgan d agi n a yu kori buladi. Bola organizmining funktsional x°latini xamda axborotlarni kabul Kilish darajasini bilgandagina, unga turri jismoniy va a^liy maphlarni belgilash mumkin. Usib borayotgan organizm ning psixologik xususiyatlarini tupgunishda xam bolalar va usmirlar fiziologiyasi fanining axamiyati katta. Bolalarning bosh miya funktsiyalarini urganish, ularning psixik va psixofiziologik xususiyatlarini aniklash muxim axamiyat kasb etadi. Bolalarning dikkati, k°biliyati va bopha psixofiziologik kursatkichlarining Kay darajada ekanligini bilib olishda xam bolalar va usmirlar fiziologiyasi fani fundamental asos bulib xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |