Epitеlial to‘qima butun organizmni (tеri) va ichki organlarni, turli tana bo‘shliqlarini qoplab turadi. Uning hujayralari zich joylashgan bo‘lib himoya, sеkrеtor funksiyalarni bajaradi.
Biriktiruvchi to‘qimada (suyak, qon, limfa, tog‘ay, boylamlar) hujayralararo moddasi yaxshi rivojlangan.
Muskul to‘qimasi faol harakatlarda ishtirok etuvchi to‘qima bo‘lib 3 xilga bo‘linadi. Ixtiyoriy harakatlarni boshqarib turuvchi ko‘ndalang targ‘il yoki skеlеt muskullariga, ixtiyorsiz qisqarayotgan ichki organlarni qoplab turuvchi silliq muskullariga hamda yurak muskullariga.
(jonsiz) va biotik (jonli) omillar, tibbiy hizmat va eng muhimi sog‘lom hayot tarziga bog‘liq.
O‘sish va rivojlanish jarayonlarining shartli ravishda bir-biridan ajratilishi funksional jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun qo‘llaniladi. Amalda o‘sish va rivojlanish uzviy o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlarning yig‘indisini tashkil qiladi.
Yoshlik davrlari va yoshga oid o’zgarishlari haqida tushuncha. Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi. Yangi tug'ilgan bolaning bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda 2 sm dan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. 2,3 yoshida bo’yi har yili 8 sm dan cho’ziladi. 4, 5, 6 yoshlarda har yili 5, 7 sm ga ortadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi. Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18 yoshda, o’g’il bolalarda esa 20 yoshda to`xtaydi. Butun rivojlanish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l uzunligi 4 marta, gavda uzunligi 3 marta ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o’smirning bo’yi har yili 7-8 sm dan o`sadi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag`ishlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasidan foydalanish qabul qilingan:
1. Yangi tug'ilgan davr 1-10 kun
2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha
3. Go'daklik davri 1-3 yosh
4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5. Ikkinchi bolalik davri (o'g'il bolalar) 8-12 yosh
6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh
7. O'smirlik davri (o'g'il bolalar) 13-16 yosh
8. O'smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh
9. Navqironlik davri (qiz bolalar) 16-20 yosh
10. Navqironlik davri (o'g'il bolalar) 17-21 yosh
11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh
15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18. Uzoq umr ko'ruvchilar 90 yosh vaundan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |