O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligik
Toshkent Tibbyot Akademiyasi
Tibbiy va Biologik Kimyo Kaferdasi
Mavzu:Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi. - Reja:
- O’tkir pankreatit kelib chiqishi va davolashning biokimyoviy asoslari.
- Yo’g’on ichakning vazifasi, yarali kolit, Kron kasalligi Oilaviy polipozlarning kelib chiqishi.
Pankreatit. - Pankereatit bu- meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir pankreatit alkogolizm, o'z vaqtida ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiq ovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir pankreatitda meʼda osti bezi shishadi; bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi. Kasallikning klinik belgilari, kechishi va oqibat meʼda osti bezi zararlangan qismining kattaligi va ogʻir-yengilligiga bogʻliq. Oʻtkir pankreatitning ogʻir shaklida qorinning yuqrri qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi; bemorning koʻngli aynib, qusadi, yel kelmaydi, ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi, shok, kollaps holatlari ham kuzatiladi.
Pankreatit turlari - O‘tkir pankreatit — oshqozon osti bezi to‘qimalarining o‘z fermentlari tasiri ostida «o‘z-o‘zini yemirishi» oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir yallig‘lanish jarayonidir.
- Surunkali pankreatit esa mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi va natijasi bo‘lgan bosqichi hisoblanadi.
- O‘tkir pankreatit bilan kasallanganlarning deyarli 70 % ini ayollar tashkil qiladi. Kasallik, ayniqsa, 50-70 yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlar soni ham ortib bormoqda.
O‘tkir pankreatit. - O‘tkir pankreatit rivojlanish sabablari turli-tuman bo‘lib, barcha etiologik omillar zamirida bezning normal faoliyatining buzilishi yotadi. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, ovqat hazmlanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar o‘n ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va o‘z-o‘zini yemira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa a’zolarga ham zarar yetqazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshqozon osti bezi qondagi qand moddasi miqdori oshib ketmasligi uchun mas’ul bo‘lgan gormon — insulinni ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |