Mavzu: O’rta ta’limda olingan bilimlarni takrorlash hozirgi o'zbek adabiy tili ta'limi asoslari


Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi



Download 0,56 Mb.
bet9/57
Sana08.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#333400
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
Reja Dunyo tillar tizimida o’zbek tilining tutgan o’rni Hozirgi

Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.

Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig'i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to'lqinlari orqali qulog'imiz bilan eshitiladigan barcha hodi-salarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.

Har qanday tovush ma'lum tashqi ta'sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil boiadi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo'lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.

Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo'linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo'lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.



Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a'zolari harakati yordamida ma'lum maqsad-da ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekaniigidan dalolat beradi.

Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Nutq apparati o'pka, bo'g'iz, tovush paychalari, og'iz bo'shlig'i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a'zolarni o'z ichiga oladi.

Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma'lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo'ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o'rganiladi.

Uchinchidan, nutq tovushlari ma'lum maqsadda talaf­fuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma'lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma'noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma'nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi

-12-

. Masalan,soli bilan sholi so'zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so'zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so'zlari o'rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.



Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagi na xos belgi hisoblanadi.

Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo'lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir.

Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e'tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o'rtasining yuqori tanglayga tegishi va o'pkadan chiqiyotgan havoning bu to'siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo'ladi. Bu to-vushning nutq a'zolarining qayerida va qanday yo'l bilan hosil bo'lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa va­zifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaf-fuz) belgilariga ega bo'ladi. Bu belgilarning barchasi fone-tika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to'Ja hisob-ga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to'g'ri javob berilgan boiadi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko'pchiligi muhim sanalmaydi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish