Mavzu: O’rta osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixi



Download 13,96 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi13,96 Kb.
#447270
Bog'liq
Mavzu 1


Mavzu: O’rta osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixi
O’rta Osiyodagi suv havzalarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910 yildan boshlandi. O’rta Osiyo o’lkasida dunyo amaliyotida birinchi marta gidrologak bashorat (prognoz) qilish xizmati tarkib topa boshladi. Bunda E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.
Keyingi yillar (sovetlar davri)da olib borilgan gidrologik tadqiqotlar hududda yirik miqyosdagi suv xo’jaligi loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.L.Shults, A.M.Muhamedov, O.P.Shcheglova, A.Z.Zohidov Yu.M.Denisov, U.U.Umarov, A.R.Rasulov va N.R.Hamroevlarning xizmatlarini alohida takiddash joizdir.
Hozirgi kunda o’lkamizdagi barcha suv havzalari, muzliklar, havo, tuproq holatini kuzatish ishlari O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi tomonidan muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Suv muammolari instituti, Toshsuvloyiha instituti, O’rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (O’OGMITI-SANIGMI), O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI) va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular uchunyetuk va malakali mutaxassislar esa Respublikamiz oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida tayyorlanmoqda. Jumladan, Mirzo Ulug’bek nomidaga O’zbekiston Milliy universitetida gidrometeorologiya bakalavrlari va shu yo’nalish negizida 8 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistr tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan maxalliy olimlarimiz tomonidan gidrologiya fanini rivojlanishga oid ma’lumotlar berilgan.SHuningdek,qadimgi xarita va atlaslar yaratilishida qanday gidronimlardan foydalanilganligi xam keltirilgan.Bu gidronimlar xozirgi xaritalarimizda va atlaslarimizda xam ayrimlari xali xam qo‘llanib kelinmoqda.Al-Xorazmiy,Abu Rayxon Beruniylarning gidronomiyaga bag‘ishlab qilgan ishlari keng yoritilgan.
Dengizlar Bo’ntus (Qora dengiz), Shom (O’rta dengiz), Xazar (Kaspiy) dengizi, Xorazm (Orol) dengizi, Issiqko’l, ularga quyiladigan daryolar (Etil-Volga, Nil, Jayhun, Yaksart va boshqalar) gidrografik nuqtai-nazardan ancha to’la, tariflangan. Beruniy o’z asarlarida, ayniqsa Qizil dengizdan Nil etagiga ariq (kanal) qazish tarixiga, Amudaryo va Qoraqum tarixiga oid juda ko’p qimmatli malumotlarni keltiradi. Masalan, “Geodeziya” asarida Ptolemey (Batlimus)ning “Geografiya”si yozilgan davrdan o’z davrigacha Amudaryo tarixiga oid malumotlarni tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqaradi. Malum bo’lishicha, Amudaryo shu davr ichida (I asrdan XI asrgacha) uch marta o’z o’zanini o’zgartirgan. Dastlab, yani Ptolemey davrida Amudaryo Jurjon (Xazar, Kaspiy) dengiziga, so’ng shimolga burilib, Orol dengiziga, Beruniy davrida esa yana janubga burilib, Sariqamish (Qiz) dengiziga quyilgan.
Beruniy asarlarida Yer kurrasida suv eroziyasi bilan bog’liq holda kechadigan eroziya-akkumlyatsiya jarayonlari, ularning oqibatlari ham yoritilgan: “. dengiz va quruqlik doim bir-biri bilan muhorabada bo’ladi, yani dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanib turadi”. Asarda bu jarayonlarga yorqin misollar keltiriladi.
Umuman, Beruniyning okeanlar, dengizlar ilmiga qo’shgan hissasi juda kattadir va u keyinchalik yevropalik olimlar tabiri bilan “Beruniyning dengizlar nazariyasi” nomini olgan.
Beruniy o’sha davrdayoq tabiatda suvning aylanish jarayonini to’la tasavvur qilgan va bu haqda quyidagicha yozadi: “Yer yuzi havo bilan o’ralgan. Suv isiganda bug’ga aylanib, havoga ko’tariladi, keyin bulutga aylanadi, unda tomchilarga aylanib, yog’adi”. Biron yerga tushadigan yog’in miqdori va turi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun shu joydagi. “tog’lar holatini, shamollar qanday esishini va bulutlar harakatini o’rganish kerak”, deydi. U yog’inning yil ichida va balandlik mintaqalari bo’yicha o’zgarishi haqida “Osori boqiya” asarida qisqa va aniq qilib shunday yozadi: “Aniqki, yog’in (bizning mamlakatlarda) qitda ko’proq yog’adi, yozda kamroq, tog’larda ko’proq, tekisliklarda kamroq”.
Download 13,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish