Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish


(XIX asr oxiri va XX asr boshlari)



Download 0,68 Mb.
bet4/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

(XIX asr oxiri va XX asr boshlari).
O`rta Osiyo jaxon sivilizasiyasi, insoniyat madaniyati tarixining maskan-laridan biridir. Bu o`lkaning turli qo`shni viloyatlarida umumiy, qadimgi madaniyatga tegishli yodgorliklar to'g'risida tekshirilganida, shu qadimgi manzilgohlar va shaharlarga asos solgan aholi O`rta Osiyo xalqlari ajdod-
larining yirik guruhlarini tashkil qilgan. Antropologik va yozma manbalar-ning ma’lumotlariga ko`ra, O’rta Osiyoda eng qadimgi elatlarning shakl-lanishi va etnik hududlarning ajrala boshlanishi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hudu-dida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorva-chilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralashib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solgan. Umumiy bir geografik o`lkada qadimda yuz bergan madaniy, ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir - biriga yaqin bo`lib, qo`shni qabilalar va elatlarni umumiy madaniy va etnik ildizlar birlash-tirgan. Ular turli ko`rinishdagi o`zaro aloqalar asosida rivojlangan. Shu-ning uchun ham qadimgi zamonlardan boshlab, O`rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri bir - biriga uzviy bog'langan.1
O`rta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movaroun- nahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 yillarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha ) Turkiston deb atalgan, keyinchalik esa Oʻrta Osiyo deb ataladigan bo`ldi. Siyosiy - maʼmuriy maʼnoda O`rta Osiyo maydoniga Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston (baʼzida Qozogʻiston ham ) kiradi.
Asrlar davomida O'rta Osiyo aholisi, ko'chmanchilar va dehqonlar bir - birlari bilan yaqin aloqada yashaganlar. Ularni madaniyat va e'tiqod, urf - odatlar, bayram va oshxona, kundalik odatlar birlashtirgan. Shu sababli O'rta Osiyoliklarning libosida biz ko'plab o'xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Bular: tunikasimon uzun ko'ylak, ichki ko`ylak, xalat va lozimdan iborat. Boshlariga esa ro`mol, salla yoki do`ppi kiyishgan.
Ayollar kiyimlarida bosh kiyimlar bir - biridan sezilarli darajada farq qilganini ko`rish mumkin. Har bir qabilada urf - odatlar mavjud bo`lib, shu odatlarga binoan ayollar bosh kiyimsiz yurishi taqiqlangan ular esa bunga qat'iy rioya qilishgan.
Tojik xalqi turli guruxlarga bo`lingan bo`lib, tog`lik va yerlik aholi deb nomlangan. Tojik erkaklarining kiyimlari deyarli bir xilda bo`lgan, faqat detallari bilan farq qilgan. Maxalliy millat erkaklarining kiyimlari o`ziga xosligi bilan ajralib, ularning mintaqalarga qarab farqlanishi va xususiyatlari esa matosining rangi va kiyinishi bilan belgilangan. Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko`ra, ichki (ichdan kiyiladigan) va ustki kiyimlarga bo`lingan.
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelishi natijasida paranji kiyish odati paydo bo`ldi va ayollar uydan tashqariga chiqqanlarida boshlariga ot qilidan to`qilgan qora “chachvon” li paranji tashlab olishgan. Shaharlik ayollar kiyimlari ustidan paranji yoki chachvon kiyishlari majburiy bo`lgan, qishloqlarda esa ayollar uydan chiqayotganlarida, ustilariga biron bir yopinchiq yoki xech bo`lmaganda farzandlarining ko`ylagini tashlab olganlar.
Tojik ayollari farzand ko`rganlaridan so`ng ko`chaga chiqishlaridan avval sochlarini berkitib bosh kiyim utidan salla o`raganlar. Ayollar sal-lani birinchi farzandlari tug'ilganidan keyin o`rashlari odat tusiga aylangan
(1-rasm).



1-rasm. Ayollar sallasining o`ralish uslublari.

Qozoq erkaklarining kiyimlar majmuasi ko'p asrlar davomida barqa-rorligini saqlab kelishiga qaramay, matolarining turlari, bichimidagi farqlar, kiyimidagi bezaklari o'zgardi, ammo bichimning asosi deyarli o'zgarmadi. Kiyimlar tarkibiga asosan yoqali keng yaxtak hamda og`i keng bichilgan ishton kirgan. Beshpent deb atalgan uzunligi tizzagacha bo`lgan tor kamzul ham kiyishgan. Avvaliga kamzullar tunikasimon bichimda bichilgan bo`lib, yelka choklari bo`lmagan. Kamzulning yon tomoni uchburchaksimon klin xisobiga etag qismi ancha keng ko`rinishga ega bo`lgan. Kamzulning yoqasi bo`lib, oldida taqilmalari bo`lgan2. XVIII – XIX asr boshlarida qozoqlarning oldi ochiq (jeyde, jegde, jelde) deb nomlangan ichki kiyimi yaxtak bo`lib, XIX – XX asr boshlariga kelib urfdan chiqadi 3. Jegdening bichilishi ham tunikasimon bo`lib, yaxlit matoni ikkiga buklab, bo`yin omizg`asini ko`ndalangiga kesishgan, ko`ylakning oldi qismi pastgacha qirqilgan. Yeng ulanadigan joyiga bir butun yaxlit matoni ikkiga buklab yeng tikishgan. Jegde kengroq bo`lishi uchun yon tomonlariga uchburchak shaklidagi matodan uloq solib, qo`ltiq ostiga romb shaklidagi xishtak tikishgan (2-rasm).





2-rasm. Qozoq erkaklar yaxtagi. Erkaklar choponi.
Jeydening bichilishi. Choponning bichilishi.
XIX asr oxirlarida yaxtakning yangi ko`rinishi urfga kirdi. Endilikda uning yelka va yeng bichimi alohida bo`lib, yeng qo`ltiq o`yindisiga ulangan. Shu bilan birga yaxtakning uzunligi, enining kengligi va yengning uzunligi hamda yelkalarning kengligi qisqartirildi. Yelkasida choki bor yaxtaklar avvaliga Qozog`istonning shimol va g`arblarida keng tarqaldi, janubiy va sharqiy qismlarida esa o`tgan asrning 30 - yillarigacha tunikasimon bichimlar saqlanib qolgan edi.
Ayollar kiyimi turli xil gazlamalardan tikilgan, ayniqsa kundalik kiyimlarni paxta tolali matolardan tikib kiyishgan. XVIII – XIX asr boshlarigacha qizil va ko`k rangli kiyimlarni ko`p kiyishgan, ayniqsa yosh qizlar qizil rangli ko`ylak kiyishlari juda urf bo`lgan. O`ttiz yoshdan oshgan ayollar qizil rangdagi yoki qizil gulli gazlamadan kiyim kiyishlari uyat xisoblangan.
Ayollarning ko`ylek bichimi ham erkaklarnikiga o`xshab sodda tunikasimon ko`rinishda bo`lgan, biroq uning uzunligi erkaklarnikidan uzun edi. Ko`ylakning bichilishi keng, uzun bo`lib, yenglari ham keng va uzun bo`lgan. Yoqasi yopiq bo`lib, oldi qismini kesib bog`ich bilan bog`lab qo`yishgan, keyinchalik bog`ich orniga tugmachalar tikishgan (3-rasm).



3-rasm. Ayollar kiyimi. 1- qizlar ko`ylagi (ko`ylek); 2- ich ko`ylak (ish ko`ylek);


3 – 7 ayollar ko`ylagi (ko`ylek).

XIX asrning o`rtalariga kelib ko`ylakka yoqa tikishgan va bunda yotiq yoqalar urf bo`lgan, asrning ikkinchi yarmiga kelib esa tikyoqalar kirib kelgan. Yosh qizlarning ko`ylagining oldi yopiq bo`lgan.4


XIX asrning oxiriga kelib ko`ylakning yangi turi kirib keladi. Endilikda ko`ylakning bel qismi alohida bichilib, belida choki bo`lgan. Ko`ylakning yuqori qismi avvalgidek tunikasimon bichimda bo`lib, unga keng matodan to`g`ri shakldagi yubkani ulab tikishgan. Yubkani belini ulashdan avval, burma yoki taxlamaga yig`ib tikishgan. Kiyimning yoqasida tik yoqa bo`lib, oldiga tugmalar yoki taqilmalar qadashgan.
Qizlar ko`ylagining yana bir yangi turi paydo bo`lib, ko`ylakning beldan past qismi torroq bichilib unga qo`shetaklarni bir nechtasini burmaga yig`ib tikishgan. Bundan tashqari ko`ylakning yenglariga va yoqalarning chetiga ham burmalar tikishgan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish