Ispan qahramonlik eposi.
. Ispaniyaning zabt qilinmagan shimoliy qismida VIII -
IX asrlar davomida Asturiya va Navarra davlatlari mustahkamlana boshlaydi.
Rekonkista harakatida turli ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa dehqonlar katta hissa qo‘shadilar.
Xalq ommasidagi vatanparvarlik hissi pomeshchiklarga qaramlikdan ozod bo‘lish harakati bilan
qo‘shilib ketadi. Dehqon, kosib va mayda ritsarlar hamma vaqt jangovar vaziyatda turadilar.
Dushmandan ozod etilgan viloyatlarning chegaralarini qo‘riqlaydilar. Biroq ozod etilgan olingan
o‘ljalar asosan feodal va ruhoniylar qo‘liga qarar edi.
Ispaniyada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, feodallar o‘rtasidagi o‘zaro janjallar,
arablarga qarshi rekonkista harakati ispan qahramonlik eposida o‘z ifodasini
romanlar va poema (―Mening Sidim haqida qo‘shiq‖) qadimgi ispan xalq
namunalaridir.
Sid tarixiy shaxs bo‘lib, uning asl ismi Rodrigo (Ruy) Dias. Sid esa uning laqabidir. O‘z
qaramog‘ida marvlar bo‘lgan ispan senyorlariga shunday nom berilgan. Sid 1040-yilda Kastiliya
zodagonlari oilasida tug‘ilgan. U qirolning yaqin ayoni va qo‘shin boshlig‘i sifatida marvlarga
qarshi kurashida qatnashgan.
Butun Ispaniyani dushmandan ozod etish janglarida ko‘p qahramonliklar ko‘rsatgan Sid
1099-yilda vafot etadi.
Sid rekonkista harakatining yirik arbobi, Ispaniyaning mustaqilligi uchun kurashgan milliy
qahramon sifatida mashhurdir.
―Sid haqida qo‟shiq‖. ―Qo‘shiq‖ning yaratilish tarixi.
Mamlakatda rekonkista harakati avj olgan bir davrda yaratilgan ispan xalq qahramonlik
eposining ajoyib yodgorligi ―Sid haqida qo‘shiq‖dir. Bu ―Qo‘shiq‖ 1140-yillarda bunyodga kelgan
bo‘lib, uning XIX asr boshlarida yozib olingan qo‘l yozma nusxasi saqlangan. ―Qo‘shiq‖
tadqiqotchilar tomonidan uch qismga bo‘lingan.
Birinchisi – ―Quvilish haqida qo‘shiq‖. Unda qirol Alfons bilan janjallashib qolgan Sidning
quvilishi tasvirlanadi. Lekin bu voqeaning sabablari bayon etilgan asarning bir qismi saqlanmagan.
Qahramonning hayoti va faoliyati tavsifida fantaziya kuchli bo‘lib, tarixiy voqelikdan ancha uzoqday ko‘rinsa ham, lekin poema o‘sha davr ruhini chuqur aks ettirgan, ya‘ni unda rekonkistada qatnashgan keng xalq ommasining vatanparvarlik ruhi sezilib turadi. Bu ularning faqat marvlarga qarshi kurashidagina emas, tashqaridan bo‘ladigan har qanday tazyiqlar, fransuz hukmronlarining
Ispaniyada feodal tartiblarini o‘rnatishi va shu orqali eng yaxshi yerlarni qo‘lga kiritishiga qarshi noroziliklarida ham o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, bu ruh kuchsiz va tamagir qirolga shubha
bilan qarashda ham yaqqol ko‘rinadi. Oddiy kishilarga samimiy munosabat, g‘amxo‘rlik, mardlik va qahramonlik Rodrigoda ritsarlik intilishlaridan ko‘ra kuchliroqdir. Shuning uchun ham uning laqabi arablar bilan munosabatni ko‘rsatadigan Sid ham emas, bahodirligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |