Mavzu: Organizmni chiniqtirish usullari
Chiniqtirish usullari .
Cho’milish-chiniqishning eng yaxshi usuli. Havo harorati 24-250 va suv
harorati 200 dan past bo’lmasa, cho’milish tavsiya etiladi. Suvda 10-15
minutdan ko’p turmaslik kerak. Cho’milishni yozdan boshlab organizm
moslashib olguncha 3-5 minut o’tgach, suvdan chiqilgani ma’qul.
Ovqatlangach darhol cho’milish yaramaydi. Ovqatlangandan 1-1,5
soat o’tgach suvga tushish mumkin. Qizib turib suvga tushish
yaramaydi.
Havo bilan chiniqtirish (havo vannalarini qabul qilish)=- yoqimli hamda
xavfsiz chiniqtirish muolajasi hisoblanadi.
Bu chiniqtirish usulida havoning harorati katta ahamiyatga ega.
Issiqlik sezish qobiliyatiga qarab havo apparati 3 ga bo’linadi:
Issiq(iliq)-bunda havo harorati 20-30%0C bo’ladi.
Sovuqroq-bunda havo harorati 14-200C bo’ladi.
Sovuq-bunda havo harorati 100C dan past bo’ladi.
Havo vannalarini eng yaxshi qabul qilish vaqti bu yozdadir hamda
atmosferada havosi toza, musaffo joylardadir. Havo vannalarini asosiy
yotgan holatda, o’tirib yoki yurib, harakat qilib qabul qilish mumkin.
Sovuqroq yoki sovuq vanna qabul qilayotgan vaqtda albatta jismoniy
mashqlarni bajarish lozim. Yomg’ir yog’ayotganda, tumanda yoxud
shamol tezligi 3m/s dan oshganda havo vannasini qabul qilish man
etiladi.
Havo vannalarini me’yorda qabul qilish ikki xil yo’l bilan amalga
oshiriladi, ya’ni havo haroratini sekin pasaytirish bilan hamda havo
vannasini harorati bir me’yorda b’olib, muddatini uzaytirish bilan.
Havo vannasini birinchi bor qabul qilayotgan talabalarga 20-30min
vaqt mobaynida 15-200C haroratda amalga oshiriladi. Keyinchalik bu
ko’rsatkichni uzaytirish mumkin.
Sovuq vannalarni faqatgina yaxshi chiniqqan odamlargina olsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Sovuq vannalarni qabul qilish muddati 5-
10min dan oshmasligi lozim.
Havo vannalaridan tashqari ochiq, toza havoda sayr qilish yoki
mashqlarni bajarish ham organizmga ijobiy ta’sirini o’tkazadi.
Bolalar kiyimlarini gigiyenik baholash
Kiyimlar odam organizmini tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan
himoya qilib, teri yuzaini mehanik zararlanish va ifloslanishdan
saqlaydi.
Kiyimlar yordamida tana atrofida tashqi muhit iqlimidan tubdanfarq
qiluvchi kiyim osti mikroiqlimi hosil bo’ladi. Uning harorati 28C dan
34Cgacha oraliqda tebranadi, nisbiy namlik 20-24%gacha havoning
harakat tezligi judayam sezilarsiz, is gazining miqdori 0,006-0,097%
atrofida tebranadi. Kiyim osti mikroiqllimining hosil bo’lib, kiyimlar
organizmining issiq, yo’qotish qobiliyatini pasaytiradi, tana haroratini
doimiy birligini saqlash xususiyatini taminlaydi, terining
termopegulyatsiya faoliyatini yengillashtiradi, teri qoplami orqali
gazlar almashinuv jarayonini taminlaydi.
Kiyimning bu xususiyatlari bolalar organizmi uchun keraklidir. Bularga:
--bolalik davrida issiqlikni boshqarish mehanizmito’la shakllanmagan, organizmning isib ketish va sovib ketish salomatlik holatini o’zgarishiga olib kelishi mumkin;
--bolalar yuqori harakat faolligi bilan ajralib turadi va bu o’z o’rnida issiqlik sarflash darajasining 2-4 marta oshishiga olib keladi;
--bolalar terisi nozik va tez jarohatlanuvchan;
--kattalarga nisbatan bolalar terisida teri orqali nafas olish moddalar almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi;
Bolalar kiyimi material tuzilishi va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
bo’yicha, organizmning yoshi va anatomo-fiziologik xususiyatlari,
faoliyat turi va meteriologik sharoitlarga mos kelishi kerak; bolalarni
tez va kiyinib yechinishiga halaqit bermasdan, bolalarning estetik
didiga mos kelib, tarbiyalash lozim.
Ichki kiyimlar, oqliqlar teri qoplamiga to’g’ridan-to’g’ri yopishuvchi
kiyimlar hisoblanib, ular kiyim ostidan almashinuv mahsulotlarini
yo’qotishga qaratilishi kerak(gazlar, bug’lar, yog’lar). Ichki kiyimlar yoki
oqliqlar erkin va qulay bo’lishi kerak, shuningdek,teri osti
bo’shlig’ining shamollatish xususiyatini hosil qilib, meyoriy darajadagi
terining nafas olish vazifasini taminlashi lozim.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ichki
kiyimlar toza tabiiy matolardan, ya’ni(ipak, paxta, lyon va
viskozalar)dan tayyorlanishi lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ichki kiyimlar paxta-
siblonli (70%li paxta va 30%li siblon) materialdan tayyorlashga ruxsat
beriladi. Bolalar kiyimlarida qalin va qo’pol choklarga, to’mtoqli
kamarbop tugunlar bo’lishiga ruxsat berilmaydi(tursik tasmalari
orqada turishi kerak). Bolalar uchun yozda iqlim va meteriologik
sharoitlarni inobatga olib, bir va ikki qavatli kiyimlar tavsiya etiladi.
Birinchi qavat - oq, ikkinchi qavatqiz bolalar uchun ko’ylak, yupqa
kofta, o’g’il bolalar uchun - ko’ylak va kalta ishton bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |