Mavzu: O’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy yechimlari
Ma’ruzachi: Namangan tuman XTB ga qarashli 7-sonli maktab o’qituvchisi
Mansur MIRZABDULLAYEV
AUDITORIYA
O’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun har qaysi mavzuni birinchi o’rinda 3 qismga bo’lib olib tushuntirishimiz kerak: 1. Nazariya 2. Mash bajarish 3. Hayotga tadbiqi
Masalan: Arifmetik progressiya
Nazariya: Berilgan sonli ketma-ketlikda barcha hadi uchun biror d soni qo’shilib borishi arifmetik progressiya deyladi.
Mashq bajarish: Birinchi hadi 3 ga d=4 bo’lsa, 20 chi hadini toping?
Hayotga tadbiqi: Temir yo’li qurish uchun 10 metr masofaga 30 shpal
1. Qisqa kop’paytirish formulalarini mexanik yodlatish. Juda oddiy
2. Quyida keltirilgan misolni amaliyotga tadbiq qilish, yechimni topish o’gzaki ekanligini ko’rsatadi.
Metamatik DIKTANT Ingliz tili darsi
Maktabda dars jadvali bo’yicha to’rtinchi soat boshlandi. Sakkizinchi sinfda ingliz tili darsi boshlandi. O’qituvchi bolalar bilan salomlashib bo’lib, sinf davomatini aniqladi. Darsda uchta o’quvchi qatnashmayotgani aniqlandi va bu butun sinfni o’n foizidir. Uztoz darsni boshlashdan oldin, ba’zi o’quvchilardan qaysi kasbni egallamoqchiligini ingliz tilida aytishlarini so’radi. Jobir uchuvchi bo’lmoqchiligini aytdi. Murodjon beshikchi usta bo’lmoqchi ekan. Oltinoy esa o’qituvchi kasbini tanlabdi. Sobirjon bankir bo’lish niyatida. Bu to’rtovlonni javoblaridan ustozlarini ko’ngli to’ldi shekilli, javob bergan o’quvchilar kundaliklariga to’q-qizil ruchka bilan besh baho qo’yib berdi. Bu payt dars vaqtini uchdan bir qismi o’tib bo’lgandi. O’qituvchi yangi bilim va ko’nikmalarni o’quvchilarga tushuntirdi. O’quvchilar o’zlari bajarishlari uchun topshiriq berilganda, belgilangan vaqtni uchdan ukki qismi o’tgan va bu paytda soat millari orasidagi masofa uch yuz o’ttiz gradus edi. Sinfda hamma mashq bajarardi, birorta ham o’quvchi bo’sh o’tirmasdi. Dars so’ngida faol o’quvchilar baholandi. Dars juda qiziqarli bo’ldi.
Savollar:
Matn ichiga yashirilgan raqamlarni toping va ularni ajratib yozing.
Dars soat nechada boshlangan?
Sinfda nechta o’quvchi bor?
O’qituvchi o’quvchilarni baholaganda soat necha edi?