Mavzu: O’quvchilarning so’z boyligini oshirish usullari. Jizzax 2022 mavzu: O’quvchilarning so’z boyligini oshirish usullari. Reja: kirish I- bob. O’quvchilarning so’z boyliklarini oshirish maqsadiga qaratilgan amaliy chora tadbirlar


Bolalarni so’z boyligini oshirishda to’gri talaffuzga o‘rgatish



Download 49,3 Kb.
bet7/9
Sana08.07.2022
Hajmi49,3 Kb.
#758809
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. O\'quvchilarning soz boyligini oshirish

2.2. Bolalarni so’z boyligini oshirishda to’gri talaffuzga o‘rgatish

Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zbekcha nutqqa o‘rgatishda o‘zbekcha tovush va tovush birikmalarini to‘g‘ri eshitish orqali ajrata bilish va talaffuz qilishga o‘rgatish asosiy maqsadlardan biridir.Mashg‘ulotlar jarayonida hamda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalarda o‘zbek tiliga xos tovushlarni ham alohida, ham so‘z tarkibida bilish, ularni rus tilidagi shunga o‘xshash tovushlardan farqlay olishi, o‘zbekcha talaffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Bu ish maxsus o‘yinlar orqali turli hayvon va parrandalarning ovozlariga, qo‘ng‘iroq, transport vositalarining, tabiat hodisalarining tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘yinlar jarayonida bolalar e’tiborini har bir tovushni talaffuz qilishda lab, til, og‘iz harakatiga tortish lozim.


Kichkintoylar so‘z va gapning ma’nosiga urg‘u va ohangning ta’sirini ham tushunib borishlari kerak. O‘zbekcha tovushlar talaffuzi ustida ishlashda q, o, g‘, h, j tovushlari mashqiga alohida e’tibor berish zarur. Masalan, q tovushining to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash mashg‘ulotini quyidagicha tashkil etish mumkin:
1. Q tovushi ishtirok etgan so‘zlar bilan tanishtirish.
2. Tanlangan so‘zlarning talaffuzini mashq qilish.
3. Q va k tovushlarining bir-biridan farqini aniqlash.
4. Q va k tovushlari ishtirok etgan so‘zlarni talaffuz qilish.
Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi talaffuzi bo‘yicha ishlar muntazam olib boriladi. Bunda ushbu tovush yangi o‘rganilayotgan so‘z tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, tovush va tovushlar birikmasini to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish bilan birga so‘z boyligini oshirish ishi ham olib boriladi.


2.3. O’quvchilarning lug‘at ya’ni so’z boyligini oshirish

Bolalarning so‘z boyligini oshirish, asosan, maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Ikki yil mobaynida bolalar jami 500 ga yaqin so‘zni o‘zlashtiradilar. Bu so‘zlar amaliy zaruriyat, nutqda takrorlanish, ehtiyoj, qiziqish va muloqot mavzulariga mos ravishda tanlangan. Ushbu so‘zlar mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘quv yilida – “Tanishuv”, “O‘yinchoqlar bilan harakat”, “O‘yinchoqlar”, “Bosh kiyim va poyabzal”, “Oila”, “Ranglar”, “Hayvonlar va parrandalar”, “Birdan o‘ngacha sanoq”, “Meva va sabzavotlar”, “Idishlar”, “Oziq-ovqatlar”; ikkinchi o‘quv yilida – “Tana qismlari”, “Bizning uy”, “Mening kun tartibim”, “O‘ndan yigirmagacha sanoq”, “Maktab”, “Bizning shahar” (qishloq), “Yil fasllari”, “Bayramlar”, “Bizning vatan” mavzulari bo‘yicha so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar.


Birinchi o‘quv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z, ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo‘ljallangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlarni esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur.
Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlarni lug‘at tarkibiga kiritish; ularni faollashtirish; qancha so‘zlarning o‘zlashtirilganini aniqlash; bog‘lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish. Yangi so‘zlar ko‘rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ularni namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. O‘qituvchidan so‘ng bolalar ham ikkiuch marta qaytaradilar.
Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so‘zni eshitib qaytarish bilan birga shu so‘z orqali ifodalangan narsabuyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi.
Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga
o‘rgatish;
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan
izchillikda amalga oshirish;
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish.
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni
shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari)
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham,
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash.
Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan


XULOSA
Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan.
Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin.
Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.
Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi.
Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz, so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.
Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi.
O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod-yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi.



Download 49,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish