Mavzu: O‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning
verbal va noverbal usullari. Boshqalar fikrini hurmat qilish.
Reja:
1. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
usullari.
2. O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning verbal usullari.
3.O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning noverbal usullari. Boshqalar fikrini hurmat
qilish.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Tinglovchilarning kommunikativ ko‘nukmalar
haqidagi tushunchalarini kengaytirish, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning verbal
va noverbal usullari, muloqot maneralaridan o‘qituvchining oqilona foydalanishi
haqida ma’lumotlar berish.
Tayanch iboralar:
Fikr almashish; kommunikativ qobiliyat; o‘quvchini
ishontirish; ongga ta'sir qilish; psixik ta’sir, pedagogik ta’sir ко‘rsatish; talab;
rag‘batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri; so‘z bilan og'zaki ta’sir o'tkazish;
intonatsiya; kasbiy mahorat; xushmuomalalik; axborot hajmi; pedagogic qobiliyat
texnikasi.
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib
shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib
bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda
aytganidek: “Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga
egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri
ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi. Mashhur rus
psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida
muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro
ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.
O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin
muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki
yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish
bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb
ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif
beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish
uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar,
malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”. Demak, muloqot
ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga
qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi,
munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.
Psixologiya lug‘atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish
va uni rivojlantirish jarayoni;
1.
Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi.
Muloqot — odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot
ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o‘zaro
aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan
farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida
axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi
mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish
jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.
Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo‘li) paydo
bo‘ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o‘rtasida yangi-yangi
munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o‘zaro
chambarchas bog‘liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat
qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar
bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga
kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan
muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda
bo‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv
(o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish
amalga oshiriladi. Har bir kishining o‘z “men”i atrofdagilar bilan bo‘ladigan
muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha,
maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar
bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa
qoniqmaslikni his qilamiz.
Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko‘rinishi bo‘lib, uning
yordamida odamlar bir-birlari bilan o‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar,
o‘zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazadilar, bir-birlarini his
qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida
ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining
moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida
vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlami maqsadga muvofiq
ravishda qondirish muloqot maromiga bog‘liq bo‘lib, shaxslararo munosabat qaror
topishiga xizmat qiladi.
Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari
motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi
kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi
ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o‘zini-o‘zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy
imkoniyatini ro‘yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari
yetaklaydi. Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi,
munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa
odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar
o‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat yoki
hodisaga ongli tayanish — o‘zini-o‘zi mukammallashtirish, ro‘yobga chiqarish,
boshqarish, baholash, o‘ziga o‘zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim
kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda
bosqichma-bosqich egallab borish — bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy
tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o‘zini-o‘zi ortiqcha yoki
past baholash tufayli o‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto‘g‘ri
munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, asosan,
quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha
a’zolari o‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni
taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to‘g‘risidagi
axborotni egallashiga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo‘ljallangan ishbilarmonlik
o‘yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga
ko‘ra, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri bu — muloqotga nisbatan
ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha,
bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta
bosqichlarda rivojlanib boradi: 1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi; 3) avvalgi barcha
ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug‘iladi; 4)
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o‘zaro bir-birini tushunish
ehtiyoji vujudga keladi. Inson o‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda o‘zini tutish
fazilatlari o‘zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik
jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida
odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida
aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va
birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va
kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari
kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.
Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat
muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish
imkoni bo‘ladi.
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim.
Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy
belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga
kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat
insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar
bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib
boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman
olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov,
L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari
borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda
muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat
qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish
mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi
faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli
sifatida maydonga chiqadi.
1.
Muloqotning
kommunikativ
jihatida
individlarning
o‘zaro ma’lumot
almashinishi sodir bo‘ladi.
2.
Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki
harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan
bo‘lsak,
muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning
hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-
birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va
munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro
munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan
xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz
beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan
namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga
chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat
mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi.
3.
Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish
orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi
tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning
mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy
xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan
shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni
tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan
bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot
jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat
ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib,
barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng
kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy
axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik
qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va
umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‘rni
qanchalik muhimligidan dalolat beradi.
So‘z bilan og’zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviyasida va
o‘quvchi muloqatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, “insonning aql-zakovati,
fikr-tuyg’ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda
ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz
Yunusov). So‘z bilan og’zaki ta’sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida
qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini ijodiy ta’sirlanishni boshqarish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg’ularini faqat ta’lim-tarbiyaviy
maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar
bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt qonun-
qoidalaridan chetga chiqib ketmasligi lozim. O‘qituvchining imo-ishoralari va yuz
harakatlari so‘z bilan og’zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-
ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. O‘qituvchining
sinf jamoasi bilan bo‘lg’usi muloqatga tayyorgariligiga doir ibratli misol
F.Samuylenkovning “O‘qituvchining mahorati va takti uning obro‘sidir” asarida
shunday keltiriladi: “Men VIII “B” sinfiga kirishimdan oldin o‘qituvchilar
xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishda oldin ongli ravishda
bir lahza to‘xtab o‘zimni to‘grilab olaman, o‘zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus
beraman. O‘quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech qanday
hazilga yo‘l qo‘ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o‘tirmayman, bolalar bilan
rasman xushmuomalada bo‘laman. Bunday maromni saqlash menga oson emas,
lekin shunga o‘rganganman, chunki hozircha o‘zimni bu dinfda boshqacha
tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sirlanuvchan, tezda qirg’oqdan chiqib ketadi va
yana oqimga qaytib tushishi qiyin” . olimning bu mulohazalari bugungi kunda ham
o‘z
qudratini
yo‘qotgan
emas.
Hozirgi
davrda
o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ
munosabatlarda so‘z bilan og’zaki ta’sir etish nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bevosita
pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil ko‘rinishini o‘zida
mujassamlashtiradi. Ayniqsa, pedagogik ta’sir etishni tashkillashtirishda so‘zning
ahamiyati bilan bog’liq bo‘lgan pedagogik muomala madaniyatiga va
tarbiyachining shirin so‘zligiga alohida talablar qo‘yiladi. So‘zlashganda odob va
ehtirom o‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan muhim insoniy fazilati
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida xushmuomalalikning
yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini alohida ta’kidlab o‘tamiz:
Tavsiya etilayotgan tizim asosida o‘qituvchi shaxsiyatida xushmuomalalik va
insonparvarlik
shakllanadi.
U
o‘z faoliyati davomida so‘z boyligini
takomillashitirib boradi. Til boyligini go‘zal imkoniyatlarida unumli foydalanib,
nutqining
ta’sirchan
bo‘lishiga
intiladi.
Go‘zal
so‘zlay
bilish
ham san’at. Bu san’atdan bebahra qolgan o‘qituvchida kasbiy mahorat
shakllanmaydi. Shuning uchun ham har doim, ayniqsa, o‘qituvchi nutqining ravon
va go‘zal bo‘lishiga intilishi kerak. Zero, o‘qituvchining asosiy quroli, uning so‘z
boyligidir.
О‘qituvchining fikr almashuvi bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyatini
shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o‘quvchi ongiga qaratilgan faoliyat boilib,
nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O‘zaro fikr almashish omillari bilan
bevosita bog‘liq bolgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo‘nalishlari
mavjud: - o‘quvchilarni ishontirish;
- o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
- o‘zgalarga taqlid qilish.
O‘quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo‘lib,
o‘qituvchi fikr-mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o‘quvchining bilimlar
tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman
о‘zgartiradi. Ishontirish о‘qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab
faoliyatida asosiy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim -tarbiya jarayonida
ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O‘quvchi ongiga ta’sir ko‘rsatish bilan
bog'liq bo‘lgan ishontirish usuli o‘qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar
keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi bilan
o‘quvchilar orasida o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik mavjud
bo‘lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo‘ladi. Ishontirish
tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o‘qituvchining his-tuyg‘usi, nutqi va
ishontira olish san’ati bunda muhim ahamiyatga ega. U pedagogik ta’sir ko‘rsatish
usuli sifatida darslarda yangi mavzuni tushuntirishda, o‘quv-tarbiyaviy soatlarda,
turli uchrashuvlar va ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo‘llaniladi.
Ishontirish usuli yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllantiriladi. Bu
ayniqsa o‘quvchi ongini begona mafkuraviy g'oyalardan himoya qilishda muhim
ahamiyatga ega, ishontirish asosida o‘quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta
quriladi, ularni ba’zi psixik ta’sirlar tufayli sodir boiadigan tushkunlik holatidan
asraydi, ularda erkinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi, o‘ziga va
kelajagiga ishonch uyg'otadi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda, mustahkam irodani
shakllantirishga undaydi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Muloqot yuzasidan qaysi olimlar tadqiqotlar olib borganlar?
2.
Muloqot tushunchasini ta’riflang?
3.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashda muloqot qanday o‘rin tutadi?
4.
Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarni ishontirish usulining ahamiyati qanday?
5.
O‘quvchilarni boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rgatishda nimalarga
e’tibor qaratish muhim deb hisoblaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |