Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: O‘quv mehnati o'quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir. Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o'quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o'zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O'quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.