Gigienik shart-sharoitlar - Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur. Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigiyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg‘aluvchan bolalarning aksariyati yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |