Mavzu: O`quv rejasini, mutaxassislik fanlari bo`yicha o`quv dasturlarini tahlil qilish


Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar



Download 31,22 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi31,22 Kb.
#832106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Seminar

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Standart, davlat ta’lim standartlari, ta’lim standartlarining maqsadi, ta’lim standartlarining vazifalari, tayanch o‘quv rejalari, texnologik xarita, namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, kalendar reja, o‘quv-uslubiy kompleks.
Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. Davlat ta’lim standartlari deganda nimani tushunasiz? - Ularni ishlab chiqish zaruriyati nimada?


  2. Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalarini aytib bering.


  3. 0‘quv jarayonini tashkil etishda tayanch o‘quv rejalari qan­day rol o‘ynaydi?


  4. Texnologik xarita nima, u qanday tuziladi? Umuman ol- ganda, texnologik xarita kerakmi?


  5. Ishchi o'quv dasturi nima? U namunaviy o'quv dasturidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?


  6. Kalendar reja qanday tuziladi? Siz fan bo'yicha mustaqil ravishda uni tuza olasizmi?


  7. O'quv-uslubiy kompleksi (majmuasi) nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?


XX bob. BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN DARS 0‘TISH

METODIKASI


Awalgi boblarda o'quv jarayonini tashkil etishning shakllari, dars o'tish metodlari, darslarda ko'rgazmali qurol,'tarqatma mate­rial, texnik vositaiardan foydalanish, o'quvchi-talabalar bilimini na­zorat qilish, sinash va baholash kabi masalalarni ko'rib chiqdik. Ular barcha fanlardan dars o'tishda qo'llaniladi. Ko'rib chiqqan va boshqa metodlarni barcha iqtisodiy fanlardan dars o'tishda qo'llash mumkin, lekin bu metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llashning esa o'ziga xos jihatlari mavjud. Chunki, har bir iqtiso­diy fanning o'ziga xos xususiyatlari borki, dars o'tish metodlarini tanlash va ularni aynan o'tilayotgan fan, mavzulaiga moslashti- rishda albatta hisobga olish zarur.

Mazkur bobda buxgalteriya hisobi fani va uning iqtisodiy fanlar orasida o'ziga xos xususiyatlari va ularga muvofiq ravishda dars o'tish metodlari, usullarini moslashtirishni o'rganamiz.




  1. §. Fanning xususiyatlari va dars o‘tish metodlarini tanlashda ularni hisobga olish


Har bir fan, jumladan, iqtisodiy fanlar, mutaxassislik fani sifa­tida buxgalteriya hisobi ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Biz har bir fanning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olganimizdagina samarali dars o'tish metodini tanlaymiz, muvofiq ravishda o'quvchi, talabalarni darsga faol qatnashishini ta’minlashimiz mumkin.

Har bir fanning boshqa fanlardan farqlanuvchi xususiyati, eng awalo, uning predmeti, fanning oldiga qo'yilgan maqsadi, funksiya va vazifalarida o'z aksini topadi.

Iqtisodiy yo'nalishdagi fanlar orasida mutaxassislik fanlaridan biri bo'lgan «Buxgalteriya hisobi» fani ham kelib chiqish tarixi, predmeti va funksiyalari, vazifalariga ko'ra boshqa iqtisodiy fanlar orasida o'ziga xos o'rin tutadi, ajralib turadi.

Buxgalteriya hisobi (nemischa Buc — kitob, halten — tutmoq) kitob yuritish ma’nosini bildiradi. Ya’ni kitob tutib, hisob ishlarini

yuritish. Hisob-kitob yuritish zaruriyati, ma’lumki, tovar - pul mu- nosabatlari vujudga kelib, rivojlanishi bilan bog‘liq.

Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashmng rivojlanishi, qilingan xarajatlarni hisoblash, olingan daromad bilan taqqoslash zaruri- yatini keltirib chiqargan. Hisob yuritish taxminan 4 ming yil awal yuzaga kelgan. Taraqqiyot natijasida ishlab chiqarish, ayirboshlash rivojlangan, o‘z navbatida u hisob-kitob ishlariga yangi talablar qo'ygan, rivojlanishiga olib kelgan.

Inson doimo vujudga kelgan qiyinchiliklar, to'siqlami zaruriyat tufayli bartaraf qilish yo'llarini topadi, natijada yangi ixtirolar qili­nadi, yangilikiar yaratiladi. Hisob-kitob ishlari ham bundan mustasno emas. Ana shu zaruriyatning oqibatida buxgalteriya hiso- bini fan sifatida shakllanishi va uni o'rganish predmetini belgilab berdi.

Buxgalteriya hisobi fanining predmeti bu — xo'jalik yurituvchi subyektlarning pul ifodasida aks ettiriladigan xo'jalik mablag'lar manbalari, ularning xo‘jalik yuritish jarayonidagi harakati, moli- yaviy natijalari, ya’ni ulardan foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobi ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy va yakuniy ma’lumotlami tayyorlash va ularga taqdim qilish maqsadida amalga oshiriladigan uzluksiz va o'zaro bog'liq kuzatishlar, o'lchovlar, ro'yxatga olish, ma’lumotlarni qaytadan ishlab chiqish va korxonalar, birlashmalar va muassasalarning xo'jalik faoliyati ustidan nazorat o'tkazish tizimi.

Buxgalteriya hisobi mikromiqyosda har bir xo'jalik yurituvchi subyektdan tortib, makromiqyosda mamlakat, qolaversa, megamiqyos — jahon mamlakatlari miqyosigacha axborot bilan ta’minlaydi. Hisob-kitoblarga ko'ra, barcha axborotlaming 3/4 qismini buxgalteriya hisobi beradi. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt ana shu axborotlardan foydalanadi. Buxgalteriya hisobi boshqarish faoliyatini nazorat va tahlil qilish, qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Buxgalteriya hisobi fani predmetining xususiyatlari uning maqsadi va funksiyalarida aks etadi. Buxgalteriya hisobining maqsadi O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g'risida»gi Qonunda quyidagicha ifodalangan: «Foydalanu- vchilami o'z vaqtida to'liq va aniq moliyaviy va boshqa buxgal­teriya axboroti bilan ta’minlashdir»1.


1 O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, 1-modda.

473

Ana shu axborotlarsiz mikromiqyosdan, ya’ni korxona, firma- lar miqyosidan boshlab, to makromiqyos, ya’ni mamlakat miqyosi- gacha to‘g‘ri qaror qabul qilib bo'lmaydi. Axborot to‘plash, umum­lashtirish buxgalteriya hisobi yuritish asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya fani ana shu jihati bilan boshqa barcha iqtisodiy fanlardan ajralib turadi.


Buxgalteriya fanining predmeti uning funksiyalarida yanada yaqqolroq ko'rinadi. Ular yuqoridagi chizmada o'z aksini topgan.

Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari esa quyidagilar:




  • xo‘jalikda sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarini buxgal­teriya hujjatlarda o'z vaqtida rasmiylashtirish;


  • buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlar haqida to‘liq va ishonch- li ma’lumotlarni shakllantirish;


  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;


  • moliyaviy hisobotni o'z vaqtida tuzish va tegishli organlarga taqdim etish;


Buxgalteriya hisobining ham o'z obyektlari va subyektlari bor. Buxgalteriya hisobining obyektlari quyidagicha:

Buxgalteriya hisobining subyektlari «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda ko'rsatilgan. Qonunning 3-moddasiga bi- noan qaerda joylashganligidan qat’i nazar, 0‘zbekiston Republikasi hududida ro‘yxatga olingan barcha xo'jalik subyektlari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘limlari hisob subyektlari hisoblanadi.

Yuridik Shaxs hisoblanmaydigan, ammo bankda schyotga va tugallanmagan balansga ega bo'lgan xo'jalik subyektlari ham bux­galteriya hisobi subyektlari hisoblanadi va ular «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hisob yuritadilar.


Download 31,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish