Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari


Multimedia proektor STX EzPro 500 -



Download 0,72 Mb.
bet23/33
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#282033
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari (Rahimova N)

Multimedia proektor STX EzPro 500 - bu qurilma Germaniyada ishlab chiqarilgan bo’lib, kompyuter, videomagnitafon, video - ko’zning axborotlarini ekranga chiqarish imkoniyatiga ega. Proektor ixchamligi, o’rnatish osonligi foydalanuvchiga katta qulaylik yaratadi.

Video ko’z - bu qurilma aslida videokamera o’rnini bosib, uni bevosita televizorga ulab kerakli narsalarni (kompyuterlashtirilgan mini plakatlar, didaktik materiallar, slaydlar va boshqalar) o`quvchilarga ko’rsatish mumkin. Boshqa usuli esa, multimedia proektorga ulangan holda yoyma ekranga tasvir uzatiladi. Yuqorida keltirilgan ko’rsatmalarni inobatga olib, multimedia proektor, videomagnitofon, video ko’z va komp’yuterlarni kompleks ravishda ishlatishni ko’rib chiqamiz. Ko’rsatilgan kompleks kompyuterdagi ma’lumotlarni ko’rsatib bo’lgandan so’ng, multimedia proektor menyusidaga "SOURCE" bo’limidan foydalanilsa, quyidagi oyna paydo bo’ladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.

Shu bilan birga mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi xaqida to’xtalib o’tsak:

«Metod» yunoncha so’z bo’lib, «yo’l», usul kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.

Ta’lim metodi o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.

Ta’lim metodlari o’quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig’iga bog’liqdir. O’quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qolmoqda.

Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O’quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o’zi uzatish, qabul qilish, anglash, o’quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so’z orqali uzatish va axborotni (informatsiyani) eshitish orqali qabul qilish metodlari, og’zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; o’quv axborotini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari - ko’rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; o’quv axborotini amaliy mehnat xarakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.

Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


  1. BOB BO’YICHA XULOSA

Umumtalim maktablarida oqituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda ozgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy - iqtisodiy va manaviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bogliq.

Oqituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning toplami sifatida qayd etiladi.

Pedagogik oliy talim muassasalarida talimning har bir bosqichi uchun talim bloklari va oquv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik talimning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy - madaniy, oquv - bilish, axborot olish, takomillashtirish turlaria bolinadi.

Topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilarda sababiy - tashkiliy (oquv faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yonalishlari, bilim, malaka va konikmalari), mazmunli-protsessual (oquv faoliyatining mohiyatini bilish va bu faoliyat muvaffaqiyatli bolishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishda zarur sanalgan shaxs sifatlarni ozi baholash) kabi konikmalarning shakllanishi mustakil bilim olish jarayonida majmuaviy ravishda shakllanib boradi.

Oqituvchilarni tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot - metodik taminot muhim axamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalaridan masofaviy talim tizimi hamda oqitish vositalaridan samarali foydalanishi talim sifati va samaradorligigi oshirishda umum oqituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan xisoblanadi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish