Mavzu: oq xusayni navining uvologik tavsifi. Gost 32095-2013 Reja



Download 0,49 Mb.
bet2/3
Sana28.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#587036
1   2   3
Bog'liq
Oq xusayni navining uvologik tavsifi

Oq Husayni
Xalq selektsiyasida etishtirilgan o‘rtapishar xo‘raki uzum navi. Vatani O‘rta Osiyo. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiyaning Stavropol o‘lkasi va boshqa joylarda tarqalgan. G‘ujumlarining shakliga qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Mo‘rchamiyon Husayni, kelinbarmoq Husayni, qizil Husayni, lo‘nda Husayni (kadu Husayni) xillari ayniqsa ko‘p tarqalgan. Tupi kuchli o‘sadi. Bargi o‘rtacha, to‘garak, 3—5 bo‘lmali. O‘rtacha kertikli, usti silliq, mayin. Guli ikki jinsli. Uzumi avgust-sentyabrda pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, g‘avol, og‘irligi o‘rtacha 300 — 350 g (ayrimlari 1 kg gacha). G‘ujumi o‘rtacha va yirik, tuxumsimon yoki tsilindrsimon, po‘sti yupqa, sarg‘ish-yashil, qarsillaydi, sershira. Tarkibida 18 — 20% qand bor, nordonligi 2—3%. O‘suv davri 153 kun. Hosildorligi 170—180 ts/ga. Sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamsizroq. Yangiligida eyiladi, mayiz solinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.

Uzumni oq uslubda qayta ishlash texnologiyasi


Birinchi usul: Bu usul bilan texnik navli oq, pushti va qizil rangda- gi uzumdan oq xom sharob ishlab chiqariladi. Uzum sharbati to‘liq bijg‘itish orqali tabiiy xo‘raki, ma’Ium qismini bijg‘itib, bijg‘ishni spirt qo‘shish orqali yoki boshqa usulda to‘xtatish yo‘li bilan tabiiy va maxsus sharoblar ishlab chiqariladi. Bunda tabiiy nimshirin va nimnordon sharoblar ishlab chiqarishda sharbatning bijg‘ishidan tashqari spirt qo‘shishdan boshqa usullardan foydalaniladi.

Miqdori va sifati aniqlangan uzum himoya qatlami mavjud boigan metall bunkerga elektrotelfer yordamida to‘kiladi. Uzum bunker- dan shnek yordamida maxsus uskuna - maydalagichga (drobilkaga) uzatiladi. Unda uzum parchalanib, bandi ajratiladi. Bandi ajratilib, parchalangan uzum (mezga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sharbat ajratib olish uskunasiga (stekatelga) mezgonasos yordamida haydaladi. Stekatelda oqim sharbat ajratib olinadi, qolgan mezga bosim sharbati ajratib olish uskunasiga (pressga) uzatiladi. Oqim sharbat alohida siglmga uzatiladi. Oqim sharbati ajratib olingan mezga pressda uncha yuqori bolmagan birinchi bosimda birinchi bosim sharbati ajratib olinadi, so‘ngra ikkinchi va uchinchi bosimlarda 2-, 3- bosim sharbatlari olinadi. Birinchi va ikkinchi bosimda ajratib olingan sharbatlar oqim sharbat yigllgan siglmga, uchinchi bosim sharbat alohida idishga olinadi. Alohida olingan oqim va 1-2 bosim sharbatlar oltingugurt angidridi yordamida tindirilib, loyqadan ajratiladi va madaniy achitqi yordamida bijgltiladi. Sharbatni tindirish jarayoni sharbatning turiga, haroratiga, ishlatilgan uzumning kasallanganligiga qarab 12-24 soat davomida, 50-200 mg/dm3 hisobida oltingugurt angidridi ishtirokida tindiriladi. Bunda 2-5 g/dm3 hisobida bentonit qo'shilganda tinish jarayoni birmuncha qisqaradi. Sharbatni separator orqali o‘tkazish, bentonit yordamida ishlov berish bilan ham tindirish mumkin. Konyak spirti ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan xom sharoblar ishlab chiqarish uchun olinadigan sharbatlarga tindirish uchun oltingugurt angidridi ishlatilmaydi. Alohida olingan uchinchi bosim sharbat sof achitqi qo‘shilib bijgltiladi va maxsus sharoblar tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bijgish jarayonining optimal harorati ordinar sharoblar uchun 25-28, markali sharoblar uchun 14-21, shampan xom sharoblari uchun 14- 18, konyak xom sharoblari uchun 10-12 daraja hisoblanadi. Bijgish jarayoni olinadigan xom sharob turiga qarab, madaniy achitqilardan foydalaniladi. Bijgltish jarayonini olkazishning ham turli usullari mavjud. Bular davriy, uzluksiz va yangi sharbat qo‘shib turib bijgltish usullaridan iborat. Bijgish jarayoni to‘xtagandan so‘ng xom sharob quyqasidan ajratib, boshqa sig‘imga olinadi. Bu usulda asosan yengil xo‘raki, shampan sharoblari va konyak spirti xomashyosi ishlab chiqariladi.






Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish