Tovushni qaytishi va yutilishi. Tovushning qaytish koefitsientini qaytgan tovush to‘lqini bosimini shu material yuzasiga tushayotgan tovush to‘lqini bosimiga nisbatidan topiladi. Qaytish koeffitsientining kompleks qiymatlarini bilish materialning boshqa akustik parametrlarini aniqlashga imkoniyat beradi, kirish akustik bosim, elastiklik koeffitsienti, tovush tezligi va h.k.
Suvda bu kattalikni aniqlash impuls gidroakustik truba yordamida amalga oshiriladi. Moddaning tovushdan izolyasiya qilish xususiyati suv va havoda har xil. Suvda o‘lchashni qaraylik. Suvdagi tovush to‘lqini manbai bo‘lib kuchli magnitostriksion yoki p’ezoelektrik nurlantirgich xizmat qiladi, 7 suvga joylashtirilgan bo‘lib generator 1 bilan bog‘langan. Tovush nurlantirgich 3 va tovush qabul qilgich 5 orasiga tovushni izolyasiya qiluvchi to’sin 5 joylashtirilgan.
Tovush qabul qilgich 5 bo‘lib kichik shovqinga ega bo‘lgan ixtiyoriy gidrofondan foydalanish mumkin. U kuchaytirgich 6 orkali qayt qiluvchi 7 qurilma bilan bog‘langan. O’lchashlar to’siq bo‘lganda va to’siq bo‘lmaganda olib boriladi. Tegishli bosimlar to’siq bo‘lganda va to’siq bo‘lmaganda aniqlanadi. Birinchi holda 50-60 dB bo‘lishi mumkin, chunki tovush 40-50 dB bo‘lishi mumkin.
Optik-akustik effekt.Yopiq hajmdagi gaz infraqizil radiatsiya bilan nurlantirilganda bosimning pulsatsiyasi hosil bo‘ladi. Buni 1880 yilda Bell aniqlagan. Optik-akustik effektdan foydalanish qo‘yidagi tamoyillarga asoslangan. Modullashtirilgan infraqizil nurlanish o’rganilayoggan modda joylashgan kameradan o`tadi. Nurlanish energiyasi shu molekulalar strukturasiga tegishli chastotada yutiladi. Moddada hosil bo‘lgan tovush kuchida yutilgan energiyaga bog‘liq, chunki bosimning tebranishi gazning davriy kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Tovushning kuchini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini o‘lchab moddaning yutilish spektrini o’rganish mumkin. Optik-akustik effekt gazlarning spektral xarakteristikasini o’rganishda kam qo‘llaniladi.
Akustik golografiya. Ultratovush tasvirini kameralarda linza yoki fazoviy detektorga soya proeksiyasi usuli bilan ularni ko’rinadigan tasvirga aylantiriladi. Tovush lokatorlarining ishlashi kelayotgan impuls signallarining vaqtini va qaytayotgandagi yo‘nalishini aniqlashga asoslangan.
Tasvir hosil qilishda foydalaniladigan akustik manbaalar kogerent bo‘lgani uchun ularni qayd qiluvchi qurilmalarni golografik maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Akustik gologrammalar moddada o’tayotgan va undan qaytgan tovush to‘lqinlari bilan teng tovush to‘lqini yordamida shakllanadi va u bir vektor intensivligining fazoviy detektoriga ta’sir qiladi.