-Mavzu: Optoelektronika klassifikatsiyasi va ularning parametrlarini hisoblash. Anizotrop va nochiziq-optik hodisalarning umumiy xarakteristikasi. Anizotrop kristallik muhitlar uchun geometrik tasavvurlarning uchta xarakteri qo‘llanishi mumkin: moddaning strukturasiga bog‘liq bo‘lgan kristallografik maydonlarni; bosh optik koordinata sistemasini aniqlash, istalgan x, y, z o‘qlariga maydon qo‘yilganda ular Shu maydonga komplanar bo‘lgan qutblanish vektori tashkil qiluvchilarini hosil qiladi; kristallarda boshqa yo’nalishlardan ajralib turuvchi optik o’qlarni kursatish.
Anizotropik muhitga tushayotgan nurlanish oqimi unda sindirish kursatkichlari xar xil kattalikka ega bo‘lgan qutblanish yo’nalishlari o`zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan oddiy va oddiy bo‘lmagan ikkita to‘lqinni uyg‘otadi; bu to‘lqinlar kristalldan o’tishda fazoviy bo‘linadi ikkilanib sinish hodisasi). Kristallning bosh optik koordinatalar sistemasining birorta bosh o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan chiziqli qutblangan yorug‘lik nuri elliptik qutblanganlik ko’rinishini oladi.
Muhitga yuqori intensivlikdagi Yorug‘lik oqimi ta’sir qilsa unda qo‘yidagi ko`rinishdagi spetsifik nochiziq-optik hodisalar hosil bo‘ladi:
Eng sodda holda kvadratik bo‘lganda muhit o’zini xuddi nochiziq elementday o`ta boshlaydi va unda tushayotgan nurlanish chastotasini ko’paytirish, optik detektirlash va xuddi radio to‘lqin analoglaridek geterodinirlash amalga oshiriladi.
Muhitning sindirsh kursatkichi o’zgaradi;
Muhitda tarqalayotgan yorug‘lik signalining fronti keskinlashadi;
Yorug‘lik oqimining uni tarqalish qonuniyatlariga o‘z-o‘ziga ta’sir qilishi yuzaga keladi (o‘z-o‘zini fokuslash, o‘z-o‘zini kanalizatsiya qilish, Yorug‘lik to‘lqinini orqaga qaytarish).
Muhitga kuchli elektr va magnit maydonlari ta’sir qilganda sun’iy anizotropiya hosil bo‘ladi va xilma-xil elektr va magnitooptik hodisalarning namoyon bo‘lishiga olib keladi; elektr maydoni kuchlanganligiga yoki kvadratik hodisaga proporsional bo‘lgan sindirish ko’rsatkichini o’zgarishiga va yorug‘lik nurining qutblanish tekisligini magnit maydoni kuchlanganligiga proporsional bo‘lgan burilishiga olib keladi.
Muhitda akustik to‘lqin uyg‘otilishi sindirish ko’rsatkichini garmonik o’zgarishiga olib keladi. Natijada panjarning fazoviy difraksiyasi hosil bo‘ladi. Yorug‘lik oqimini panjara bilan o‘zaro tasirlashuvi uning tarqalish yo’nalishini o’zgarishiga olib keladi.
Shunga binoan qarab chiqilgan bir qator hodisalarda optik parametrlarning o’zgarishini ta’sir qiluvchi faktorning intensivligiga chiziqli bog‘liqligi ko’zatiladi;
(3.39)
Eng xarakterli joyi Shundaki bu hodisalar amalda inersiyaga esa emas (10-13s vaqt oraligiga qadar). Bu esa elektron strukturasining elektr, magnit, mexanik g‘alayonlashishga oniy reaksiyasi bilan bog‘liq. Bu ikkita holat keltirilgan effektlarning optoelektronikada nurlanish parametrlarini boshqarishda foydalanish istiqbollarni belgilaydi; amplituda, faza, qutblanish va tarqalish yo’nalishi.
Bu effektlarning matematik modeli yagona; bu muhitning qutblanish vektori (magnitlanganlik)ni elektr (magnit) maydoni qutblanganligi yoki mexanik deformatsiyasi bilan nochiziq tenglama orqali bog‘liqligidadir. Umumiy holda bu tenglamani yechish uchun tenzor hisoblash apparatidan jalb qilish zarur bo‘ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki mazkur bo‘limda muhokama qilingan effektlar ularni optoelektronikada qo‘llash nuqtai nazaridan eng qiziqarlilari; nochiziq, elektr, magnit, akustooptik hodisalarning to‘liq soni anchagina keng.