Mavzu. O‘pka absessi. Quruq va eksuddativ plevritlarning etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, asoratlari Reja



Download 378,03 Kb.
bet2/3
Sana11.04.2022
Hajmi378,03 Kb.
#543847
1   2   3
Bog'liq
Ўпка абцесси лотинча

Plevrit va uning turlari

Plevrit – plevra pardalarining fibrin yoki plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish suyuqligi – ekssudat to‘planishi bilan kechadigan kasallikdir. Ba’zan plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ravishda har xil kasalliklar sababli patologik suyuqlik – trassudat to‘planishi bilan kechadigan holatlar ham shu nom bilan ataladi. Ikkala o‘pka tashqi tomonidan visseral plevra, ular joylashgan ko‘krak qafasining ichki yuzasi pariyetal plevra bilan qoplangan bo‘lib, ikkala plevra pardalari orasining ma’lum yerlarida plevra bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Kasallik vujudga kelganda shu yerlarda suyuqlik to‘planishi mumkin.
Plevrit ko‘pincha mustaqil kasallik emas, 50 tadan ziyod kasalliklarda uchraydi. U o‘pka yoki kamroq hollarda plevra pardalariga qo‘shni a’zolar (ko‘krak qafasi, ko‘ks oralig‘i, diafragma osti bo‘shlig‘i) kasalliklari asorati sifatida rivojlanadi. Ba’zi hollarda plevrit tizimli kasalliklarning bir ko‘rinishi – belgisi hisoblanadi.
Plevrit kasalligi rivojlanish sabablariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:infeksion va infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan (aseptik) plevrit.
Infeksion plevrit sabablari pnevmokokk, stafilakokk, sil tayoqchalari, mikoplazma, zamburug‘, protozoy va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan aseptik plevrit sabablari o‘smalar, limfogranulematoz, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, jarohatlanish (travma), o‘pka infarkti, o‘tkir leykoz, gemorragik, dia¬tez, infarktdan keyingi Dressler sindromi bo‘lishi kuzatiladi.
Plevrit ko‘pincha, o‘pkaning yallig‘lanishi oqibatida, ba’zan revmatizm, sil, yuqumli va allergik kasalliklar natijasida, ayrim hollarda esa ko‘krak qafasining jarohatlanishi oqibatida yuzaga keladi. Plevrit quruq va ekssudatli bo‘ladi. Quruq plevritda plevra pardalari kalinlashadi va g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Ekssudatli plevritda plevra pardalari orasiga suyuqlik to‘planib, u tiniq, qon yoki yiring aralashgan bo‘ladi. Plevrit, ko‘pincha, bir taraflama, ba’zan esa ikki taraflama bo‘lishi mumkin.
Quruq plevritda plevra pardalarining yallig‘lanishi uning yuzasida biroz fibrin to‘planishi bilan kechadi. Bunda visseral va pariyetal plevra pardalari yallig‘lanishi sababli qizarib, shishib qalinlashadi. Quruq plevrit yuqorida keltirilgan sabablar bilan bog‘liq ravishda rivojlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan quruq plevrit plevra ostida sil o‘chog‘i joylashganda yoki u plevra bo‘shlig‘iga yorilib, tar¬qalib ketganida, shuningdek, qon orqali tarqalganda yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi hollarda quruq plevrit sil kasalligi boshlanishining birinchi belgisi sifatida kasallik yuqqanidan bir necha oy keyin rivojlanishi mumkin. 
Plevrit kasalligining rivojlanishida asosiy sababdan tashqari yana plevraning giperergik reaksiyasi bilan kechadigan tana sezuvchanligining o‘zgarishi ahamiyatga ega.





  1. Download 378,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish