29- dars Mavzu: Takrorlash
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilar bilimini baholash;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda axloqiy hissiyotlarni o'stirish;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda test sinovlariga oid ko'nikmalarni rivojlantirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars.
Dars jihozi: metodik qo'llanma, qo'shimcha didaktik materiallar.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
10
|
25
|
3
|
2
|
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Takrorlash
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarning o'tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlash va baholash.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
O'tilgan mavzular yuzasidan qisqa savol-javob o'tkazish.
Test yozishga qo'yiladigan talablarni eslatish. Test olish. Darsni yakunlash. Uy vazifa berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: nazorat dars. Vosita: darslik. Nazorat: frontal.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: o'tilgan mavzular haqida yaxlit tushunchalarga ega bo'lish.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'tilgan mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimining uyg'unligini ta'minlaydi.
|
O'quvchi: odob-axloq haqida mukammal tushunchaga ega bo'lish.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
II. O'tilgan mavzular yuzasidan suhbat o'tkazish.
III. O'quvchilarni test ishlariga qo'yiladigan talablar bilan tanishtirish.
IV. Quyidagi test asosida nazorat ishi o'tkaziladi:
1. Maqolning davomini toping: Vaqting ketdi — ... .
a) naqding ketdi; b) kuning o'tdi; d) ishing bitdi.
2. Sizning huquqlaringiz nimalardan iborat?
a) odob qoidalariga rioya qilish; b) yaxshi o'qish;
d) dam olish, sog'liqni saqlash, bilim olish.
3. Mulk nima?
a) biz foydalanadigan narsalar; b) mol-dunyo, narsa-buyum;
d) bizni qurshab turgan ne'matlar.
4. Jamoat joylari - bu ... .
a) ko'cha, maktab, transport, dam olish maskanlari, kino, teatr, muzey va istirohat bog'i;
b) uy, oila, ko'cha; d) maktab, uy, istirohat bog'i.
5. Maqolning davomini toping: Do'st kulfatda ... .
a) bilinadi; b) yuguradi; d) sinaladi.
6. Nima uchun so'zlashganda suhbatdoshning ismini aytib murojaat qilish lozim?
a) Uni xursand qilish uchun; b) boshqa tomonga qaramasligi uchun;
d) gapimni eshitishi uchun.
To'g'ri javoblar: 1-a; 2- d; 3- b; 4-a; 5-d; 6- a.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa: O'tilgan mavzular yuzasidan maqollar topib kelish (6 ta).
Do'stlaringiz bilan baham: |