Molibden Molibden (yunoncha: molibdos — qoʻrgʻoshin; lot. Molybdaenum), Mo — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, atom massasi 95,94. Molibdenni 1778 yil molibdat kislotasi va uning tuzlari sifatida Molibden Sheyele ochgan, 1790 yil Molibden Gyelm ajratib olgan metall holdagi Molibden namunasi tarkibida uglerod va Molibden karbidi boʻlgan. Metall holdagi sof Molibdenni 1817 yil Molibden Ya. Berselius olgan. Molibden tabiatda kam tarqalgan, Yer poʻstidagi massasi — 3-10~4%. 20 ga yaqin minerali mavjud, bulardan muhimi grafitni eslatuvchi molibdenit MoS (molibden yaltirogʻi)dir. Povelit SaMoO4, molibdit Fe2(MoO4)3nH2O va vulfenit RMoO4 minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi Ishlatilishi Molibden diselenid MoSe2 qattiq moylagich sifatida qoʻllanadi. Molibden disilitsid MoSi2 esa elektr pechlari qizdirgichlari materi-ali sifatida va molibden buyumlarni qoplashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |