Terichilik sanoatida xrom tuzlaridan pishiq xromli terilar olishda ishlatiladi. Cr3+ birikmalari barqaror. Kaliy dixromat terichilik, tekstil, lak bo’yoq va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Qo’rg’oshin xromat sariq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. Kaliy dixromat va konsentrlangan sulfat kislota tehg miqdorda aralashtirilsa, xrompik deyiladi. Bu aralashma bilan kimyoviy idishlarni yuviladi Xrom qotishmalari - xromga nikel, titan, vanadiy va boshqa elementlar qoshib tayyorlanadigan issiqbardosh materiallar. Zararli suyuq va gazsimon muxitlarga bardoshli, 1200°S gacha trada mustahkamligini yaxshi saklaydi. Asosiy kamchiligi - zarblarga uncha chidamasligi, yani zarbiy qovushoqligi pastligi. Xrom qotishmalaridan suv osti kemalarining korpusi detallari, kimyoviy apparatlar, zararli suyuq va gazsimon muhitda ishlaydigan apparatlar va boshqa tayyorlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |