Mavzu: “Oltin kuz”. (T.Adashboyev).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga kuz fasli haqida ma’lumot berish, “oltin kuz” she’ri bilan tanishtirish, o‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topish.
FK 1: she’rga mos ixcham audio matnni tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiatga muhabbat, tabiat in’omlariga shukronalik hislarini tarbiyalash.
TK 5: she’rda bo‘layotgan hodisa jarayonlariga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini, she’rni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, izohli ishlash,ifodali o’qish,munozara,mashq namoyish qilish.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Davomadni aniqlash
Kuz fasli haqida suhbat
O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi,asosiy bo’linish topshiriq asosida bajariladi.
1-guruh: Oltin
2-guruh: Kuz
3-guruh: Hosil
4-guruh: Yuz
O’quvchilar shu so’zlar yozilgan varaqlarni olib guruhlanadilar.
Dars shiori e’lon qilinadi:
Mening o’qib yozganim,
Oltin-kumush qazganim.
Tilak sari uchishga ,
Go’yo qanot yozganim
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzu bo’lim yuzasidan takrorlash
Hozir o’rgangan bilimlaringizni tekshirish uchun topshiriq,krosvord beraman. Buning uchun 4 ta guruhga krosvord beriladi.
|
O
|
n
|
a
|
|
|
i
|
l
|
m
|
|
m
|
i
|
r
|
T
|
e
|
m
|
i
|
r
|
|
|
k
|
I
|
t
|
o
|
b
|
|
|
q
|
O’
|
N
|
G’
|
i
|
r
|
o
|
q
|
|
|
m
|
a
|
K
|
t
|
a
|
b
|
|
|
|
m
|
U
|
k
|
o
|
f
|
o
|
t
|
s
|
a
|
b
|
Z
|
i
|
|
Savollar 1. _______ tilim she’ri
2.dunyoning izzati bu_
3.”Uyg’on”she’rining muallifi
4.eng yaqin do’stimiz
5. xayolimni _________, Chil-chil qilib tashladi
6.nur to’shading yo’limga
Qadrdon ona ______
7.Tovusxon ismli xushfe’l o’qituvchi qaysi ertak qahramoni?
8.dik-dik quyonchaga berilgan sovg’a
III. Yangi mavzu bayoni.
Krasvord bajarilgach oltin kuz so’zi hosil bo’ldi.
Kuz haqida suhbat
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan T.Adashboyevningning “oltin kuz” she’ri bilan tani shamiz.
O‘quvchilar bilan kuz fasli, tabiat hodisalari haqida suhbat o ‘tkaziladi.
Kuz faslida qanday mevalar pishadi?
Kuzda ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
O’quvchilar guruhingiz nomiga unda qanday bog’liklikni ko’ryapsiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
Daftarlarga sana,mavzu yoziladi. 31 soniga oid misollar so’raladi.
3 0+1,32-1,28+4,50-19,34-3,70-39,40-9,25+6
She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.
Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida boʻlgan aqlli bolalardir.
Kichkintoylarga qisqa va loʻnda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.
Tursunboy Adashboyev oʻzbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun 2001 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.
“Oltin kuz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “oltin kuz” she’ri matni o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
Xazonrezgilik-barglarning to’kilishi
Zar baldoq-tilla halqa
Siniqdi-pasaydi
Lolagun-qirmizi
Dam olish daqiqasi
Jaranglasa qo’ng’iroq
Darsga kirgin ey o’rtoq
Lalayma,shalpayma
To’g’ri o’tir anqayma
Mustahkamlash
Har bir gurhga alohida topshiriq beriladi.
1-guruh:sherni ifodali o’qish
2-guruh:klasserga kuz haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri joylashtirish
3-guruh:she’rning birinchi bandini o’rniga qo’yish
4-guruh: harakatni bildirgan so’zlar tagiga chizing
Yana xazonrezgilik,
Bog‘lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Yashil libos daraxtlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag‘chag‘laydi zarg‘aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar.
Baholash
Har bir guruh ishtiroki uchun burglar bilan baholangan edi. Endi shu burglar to’planib natijalar topiladi.
-bolajonlar to’kilgan barglarni nima qilish kerak?
O’quvchilar javobi to’ldiriladi va xulosalanadi.
Har bir guruh uchun A3 formatida daraxtlaer va burglar tayyorlangan. Barglarni ko’mish uchun chuqurcha ga solamiz va uning ustini yopamiz. O’quvchilarga tarbiyaviy bilim beriladi.
Har bir guruhning natijalari e’lon qilinib baholanadi.
Uyga vazifa berish
She’rni yodlash,savollarga javob toppish
Darsni yakunlash
Do'stlaringiz bilan baham: |