Mavzu: olmoshning grammatik xususiyatlari


Olmosh leksemashakllar tizimi



Download 194,5 Kb.
bet10/12
Sana08.07.2022
Hajmi194,5 Kb.
#756409
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Olmoshnng grammatik xususiyatlari.(0)

Olmosh leksemashakllar tizimi. Olmoshlarda leksemashakl qoliplari ular qaysi turkum olmoshi ekaniga bog‘liq holda voqe bo‘ladi. Jumladan, kishilik olmoshlarida o‘ziga xos leksemashakllar qolipi tizimi mavjud. Ot olmosh bo‘lgani uchun kishilik olmoshlari turlanadi. Son ma'nosi men-, sen-, biz- 1, biz- 2, siz- 1, siz- 2 olmoshlarida asosning o‘zi bilan, senlar-, bizlar-, sizlar- olmoshlarida esa affiks bilan ifodalanadi, shunga ko‘ra bu olmoshlarda leksemashakl qolipi ikki xil: a) "leksema  Tr": Siz ketave- ring kabi; b) "leksema  lar  Tr": sizlardan ayrilib kabi. Grammatik ma'no ko‘makchi bilan ifodalansa, leksemashakl qolipi quyidagicha tus oladi: "leksema  (Tr  ko‘makchi): Men bilan gaplashasiz kabi. Bu olmoshlar kesim vazifasida kelsa, "leksema  Tr  Ts" qolipi voqe bo‘ladi. Masalan, quyidagi misollarda siz- olmoshi bo‘l- bog‘lamasi qatnashgan holda kesim vazifasida kelgan: Tashkilotning rahbari siz bo‘lasizmi? Ixtiyor menda bo‘lsa, .. kabi. Ushbu tur olmoshlarga -niki morfemasi qo‘shilsa, "leksema  niki  Tr" va "leksema  niki  Ts" qoliplari namoyon bo‘ladi: biznikiga ketamiz; Bu kitoblar – meniki kabi. Bunday olmoshga -dagi morfemasi qo‘shilsa, "leksema  dagi", "leksema  niki  dagi" qoliplari voqe bo‘ladi: mendagi, biznikidagi kabi.
Kishilik olmoshiga ba'zan -siz inkor morfemasi ham qo‘shiladi, bunda
leksemashakl qolipi "leksema  S  siz" tarzida voqe bo‘ladi: Sensiz || Senlarsiz ne tashvishlar tushdi boshimga! kabi. III shaxs kishilik olmoshida son ma'nosi morfema bilan ifodalanadi, shunga ko‘ra "leksema  S  Tr" qolipi namoyon bo‘ladi: a) U tavakkal qilib, uning oilasi, uni yotoqqa boshladi kabi; b) ular ko‘pchilik emas edi, ularning dilida, ulardan sado chiqmadi kabi. III shaxs birlik kishilik olmoshiga makon kelishigi affiksi qo‘shilganida bu olmosh un- shaklida qatnashadi; demak, bu yerda leksema asosi bilan affiks orasida zich sintagmatik munosabat namoyon bo‘ladi: makon kelishigi affiksi bu olmoshning azaliy shaklida kelishini talab qiladi, lekin ul- emas, un- shaklida ishlatiladi: undan ancha keyin, unga qiyo boqib kabi. Ko‘makchi qatnashsa, leksemashakl qolipi quyidagicha tus oladi: "leksema  S  (Tr  ko‘makchi)": u bilan kengashib, ular uchun yangilik emas kabi.
Predmetning belgisini ifodalaydigan olmoshlar odatda sifatlovchi bo‘lib keladi, shunga ko‘ra sifat leksemalarga xos "leksema  sifatlovchi sintaktik semasi = leksemashakl" qolipi namoyon bo‘ladi:
1) so‘roq olmoshlarida: a) qanday zo‘ravonlik, b) qancha foyda;
2) gumon olmoshlarida: a) qandaydir shovqin; b) allaqanday shubhalar,
allanechuk xotirjamlik;
3) belgilash olmoshlarida: har qanday yo‘l bilan, har qanaqa kitobdan kabi.
Harakatning belgisini ifodalaydigan olmoshlar odatda hollovchi bo‘lib keladi, shunga ko‘ra "leksema  hollovchi sintaktik semasi = leksemashakl" qolipi namoyon bo‘ladi:
1) so‘roq olmoshlarida: Nega boshqalarga mumkin-u,..; Jang qachon
boshlandi?;
2) gumon olmoshlarida: negadir jilmaydi, qandaydir qimtinib;
3) belgilash olmoshlarida: har qancha kuysak;
4) bo‘lishsizlik olmoshlarida: hech qachon boshyalang ko‘rmagan kabi.
Predmetning belgisini ifodalaydigan olmosh ham ba'zan fe'l leksemaga
bog‘lanib, "leksema  hollovchi sintaktik semasi = leksemashakl" qolipida namoyon bo‘ladi:
1) sifat olmosh: qanday o‘tirgan bo‘lsa
2) son olmosh: qancha urinmasin kabi.
1. Ot gumon olmoshining kimdir, nimadir turi "leksema  Tr 
dir" qolipiga ega: -dir asli gumon yuksamasi bo‘lgani sababli leksemashaklga turlovchidan keyin qo‘shiladi: kimningdir tashvishidan, nimalarnidir yozar edi kabi.
2. Ot so‘roq olmoshlariga ba'zan nisbatlovchi qo‘shiladi, natijada "leksema  Nch  Tr" qolipi haqida gapirish lozim bo‘ladi: Axir senlardan boshqa kimim ham bor?!, Yegani nimang bor? kabi. Bunday tuzilishli leksemashakl kesim vazifasida kelsa, "leksema  Nch  Tr  Ts" qolipi namoyon bo‘ladi: Siz kim bo‘lasiz? kabi.
Ko‘rsatish birliklari sifat tabiatli bo‘lib, odatda sifatlovchi vazifasida keladi, shunga ko‘ra "leksema  sifatlovchi sintaktik semasi = leksemashakl" qolipida ishlatiladi: bu yerda, shu boshqarmaning, u kishiga, o‘sha kuniyoq kabi. Bu tur birliklar kesim vazifasida kelsa, "leksema  Ts" qolipiga tushadi: It kuni boshiga tushgani – shu! kabi. Ko‘rsatish birliklari otlashsa, "leksema  S  Tr", "leksema  S  (Tr  ko‘makchi) qolipiga tushadi: shuni aytmoqchi edim, uyining to‘rini shularga bo‘shatib beradi, bularni ko‘chaning boshida qarshi oldi. Mana bu boshqa gap!, shuning uchun, shundan keyingina kabi.
O‘z − ta'kid birligi ikki shaklda ishlatiladi:
1. Sonlovchi, nisbatlovchi va turlovchi qo‘shiladi, shunga ko‘ra "leksema  S + Nch  Tr" qolipida ishlatiladi; asli sonlovchining faqat birlik shakli qo‘shiladi, shunga ko‘ra qolipni "leksema  Sb  Nch  Tr" tarzida yozib ko‘rsatish to‘g‘ri: o‘zi boshlab kiradi, o‘zining o‘rniga, o‘zini tutolmay, o‘ziga qaramasa ham, o‘zimga o‘xshagan yetimlar, o‘zingni ko‘rsat, o‘zingiz bilasiz kabi.
Jo‘raboshi o‘zlari bo‘ladilar kabi ishlatishdagi -lari – III shaxs birlik nisbatlovchisining sizlash shakli.
2. Grammatik ko‘rsatkich qo‘shilmaydi, bunda go‘yo sifat leksemashakl qolipi namoyon bo‘ladi: "leksema  sifatlovchi sintaktik semasi = leksemashakl": o‘z hukmini, o‘z taxminlarini, o‘z gapidan kabi

Download 194,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish