Topshiriq. Gapdagi olmoshlarni topib, qaysi so’z bilan bog’langanligini ayting. Ulardagi qo’shimchalarning qo’shilishini izohlang. 1. o’zi pasmondaning ko’zi osmonda (Maqol). 2. Har qanday chuqur yerdan ham osmonga k’tarilish mumkin (Seneka). 3. Palag’da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb b’lmaydi (A.Qahhor). 4. Mening oltita sadoqatli xizmatkorim bor. Hamma narsani ulardan o’rganaman. Ismlari: nima?, qachon?, qanday?, qayerda?, kim?, nimaga? (D.Karnegi). 5. Taqdirotning muqarrar qonuniga ko’ra, har bir xalq o’z turmushi bilan jami insoniyat hayotining qaysidir bir qirrasini ifodalashi lozim, aks holda, bu xalq hayot kechirmaydi, balki behuda tirikchilik qiladi va uning mavjudligidan hech qanaqa naf yo’q (V.Belinskiy). 6. Biryoqlamalik har qanday odamga zararli, jumladan, butun insoniyatga ham. Butun dunyo Rimga aylanganida, hamma xalqlar rimcha fikrlab, rimcha his qila boshlaganida, inson tafakkurining harakati ham to’xtaydi (V.Belinskiy). 7. Har kimning o’z eli – o’ziga shirin (Maqol). 8. Birovning bergani — ko’igulik, mehnatning bergani to’ygulik (Maqol). 9. o’zining butunini qo’yib, birovning yarmiga osilar (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |