Binolar va inshootlarning xavfsizligini ta'minlash: - binolar va inshootlarning potensial xavfli elementlarini aniqlash hamda bartaraf etish;
- binolar va inshootlarning joriy va kapital ta'mirini o'tkazish;
- mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlarini me'yorlariga yetkazish: xonalarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beruvchi havoning namligi va haroratini yaratish;
- shamollatish moslamalari, konditsionerlar, isitish tizimlarini ushbu texnologik jarayonga qo'yiladigan talablarga muvofiq ravishda saqlash va foydalanish;
- sun'iy yoritgichlarni toza va soz holda saqlash, ishlab chiqarish xonalarini o'z vaqtida tozalash;
- ish joylari hamda ishlab chiqarish xonalarining joylashishi va rangi estetika va dizayn qoidalariga javob berishi kerak.
Xodimlarning mehnat qilish va dam olishining eng qulay tartibini ta'minlash; - mehnat qilish va dam olishning belgilangan tartiblariga rioya qilinishini ta'minlash;
- mehnat qilish va dam olish tartiblarini oqilona tashkil etish.
Xodimlarga davolash-profilaktika xizmatii ko'rsatish: dastlabki va davriy tibbiy ko'riklardan o'tkazish: - zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir qiladigan ishchilarning salomatligini kuzatib borish;
- kasbiy kasallik belgilari bo'lgan kishilarni tekshirish va davolash;
- davolash-profilaktika tadbirlarini ta'minlash;
- xodimlarni profilaktika va maxsus oziq-ovqat bilan ta'minlash;
- xodimlarni birinchi yordamni ko'rsatishga o'rgatish;
- barcha xonalarni dori to'plamlari (aptechka) va birinchi yordam ko'rsatishning boshqa vositalari bilan ta'minlash;
– xodimlarning sanitariya-maishiy ta'minotini me'yoriga yetkazish: ishchilarni sanitariya-maishiy xonalari, shu jumladan, ayollarni gigiyena xonalari bilan ta'minlash;
- sanitariya-maishiy xonalar va qurilmalarni gigiyenik talablarga muvofiq saqlash;
- ta'lim muassasalarida xodimlarni maxsus ovqatlanish hamda dam olish joylari bilan ta'minlash.
Xulosa O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi yilidan boshlab davlat bosh islohotchi taomuli asosida mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy yo'nalishlarini belgilab oldi va bu yo'ldan og'ishmay bormoqda. Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligi va sog'lig'ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo'lidagi muhim omil hisoblanadi.
Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta'minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo'lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog'liq.
Ta'lim muassasalarida mehatni muhofaza qilishga doir ishlar O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan nizomlarga binoan muvofiqlashtiriladi.
Ta'lim muassasalari tizimida mehnat jarayonida xavfsizlik, salomatlik va ish qobiliyatini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiyiqtisodiy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va tashkiliy tadbirlarni reja asosida amalga oshirish va ishlab chiqarishda qonun hujjatlariga rioya qilish mehnatni muhofaza qilishni boshqarish bo'yicha asos bo'lib hisoblanadi.
Rahbar o'ziga mazkur Nizom bilan yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda mehnatni muhofaza qilish vazifalarini hal qilishga doir majburiyatlarni qo'l ostidagi xodimlarga ularning vazifalari va mas'uliyati doirasini aniq belgilagan holda taqsimlashi kerak.