Ta’lim jarayonida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari
Mustaqil davlatimizing kelajakdagi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy ta’lim muassasalarining oldiga qo'yilgan vazifalarning qanchalik muvaffaqiyat bilan bajarilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Chunki oliy ta’lim muassasasi talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish ularda o'z kasbiga muhabbat uyg'ota borib, bilim olish, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga undaydi.
Mehatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
- mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, barcha ta'lim muassasalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona talablarni belgilash;
- mehnatning ekologik jihatdan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash;
– ta'lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini nazorat qilish.
Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, joylarda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari amalga oshiradi.
Mehat toʻgʻrisidagi qonunlar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari me'yorlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va tekshiruvni quyidagilar amalga oshiradi:
a) maxsus vakolatga ega davlat organlari va ularning inspeksiyalari;
b) kasaba uyushma qo'mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari.
Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil ish joylaridagi mehnatni muhofaza qilish holatini to'sqinliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bunga aybdor bo'lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida takliflar kiritish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha vakilga o'z vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va oʻrtacha ish haqi miqdorida haq to'lanadi.
Xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari va fuqarolari tomonidan ishlar bajarilganda, ularda nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilishga oid talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar hamda standartlarga muvofiq qo'llaniladi.
Ta'lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qonun va boshqa me'yoriy hujjatlarga rioya qilinishi uchun rahbar javobgar hisoblanadi.
Ta’lim muassalarida mehnat muhofazasini tashkil etish bo’yicha bir qator qonun va qonunosti hujjatlar mavjud bo’lib shulardan biri, O‘zbekiston respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 01.05.2013 dagi 20 B-sonli “Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida” gi buyrug‘i hisoblanadi.
Xususan ushbu buyrug’ning 1 – ilovasi 2-bobi 8-paragrfi Xodimlarning salomatligini nazorat qilishdeb nomlanib unda xodimlar salomatligi, ularning xavfsizligini tashkil etish chora – tadbirlari aniq ko’rsatib o’tilgan.
Jumladan unda quyidagi qoidalar keltirilgan.
42. Ta’lim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
43. Ta’lim muassasasi rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
44. Tibbiy ko‘riklar ta’lim muassasasining tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
45. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
46. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik ta’lim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
47. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |