Tadqiqotning maqsadi: Yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining o’qishdan tashqari vaqtdagi mehnat jarayonlariga nisbatan ijtimoiy kayfiyatini o’rganish va natijalar tahliliga asoslangan holda tegishli choralar ro’yhatini shakllantirish.
Oldimizga qo’yilgan vazifalar: So’rovnomada qatnashayotgan respondentlarni (talaba) hudud, yosh va jins jihatidan klassifikatsiyalash;
Taxsil olayotgan yo’nalishlari bo’yicha klassifikatsiyalash;
Mehnat bilan band bo’lgan va mehnatga talabgorligi bo’yicha klassifikatsiyalash;
Ularning darsdan tashqari vaqtlardagi mehnat jarayoniga nisbatan shaxsiy munosabatini o’rganish;
Ushbu jarayonga to’sqinlik qilayotgan omillarni o’rganish;
O’zlari faoliyat yuritmoqchi bo’layotgan tashkilot yoki jarayon haqidagi fikrlarini o’rganish;
Natijalarni tahlil qilish va statistik ma’lumotlarni tuzish;
O’rganish obyekti: Talaba yoshlarning dars vaqtidan tashqari mehnat jarayoniga nisbatan munosabati va real vaqtdagi holatlari;
O’rganish predmeti: Ularni mehnat jarayoniga jalb qilish va bandligini ta’minlash;
So’rovnomaga kirish Hurmatli yurtdosh! Siz talabamisiz? Darsdan bo’sh vaqtda ishlash niyatingiz bormi? Bu borada sizda takliflar bormi? Unday bo’lsa ushbu so’rovnoma aynan siz uchun. So’rovnomada qatnashib, savollarga javob bering. Bu bilan siz o’zingiz va sizga o’xshagan tengdoshlaringiz muammolarini hal qilishga o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz. Ushbu savollarga javob berish uchun atigi 2 daqiqa vaqtingiz ketadi, lekin o’zingiz kabi ko’plab talabalarga yordam bergan bo’lasiz.
Respondentlarga beriladigan savollar:
Doimiy yashash manzilingiz: