Mavzu: Oilam an’analari
-
O‘qituvchi: Assalomu alaykum hurmatli o‘quvchilar!
Darsimiz shiori: O‘zbek tili-davlat tili
Bugungi darsimizda mehmonlarimiz tashrif buyirishgan, ularga o‘z hurmat ehtiromimizni ko‘rsatamiz.
-
Davomat tekshirish.
-
Guruh navbatchisini tinglash.
-
Guruhning darsga tayyorgarligini tekshirish
-
Kichik guruhlarga bo‘lish (5 daqiqa )
-
Siyosiy daqiqa
Savol: Yaqinda yurtboshimiz qaysi mamlakatga tashrif buyurdilar va nima sababdan?
Javob: Yurtboshimiz yaqinda Turkmaniston Respublikasiga tashrif buyurdilar. U yerda betaraflik masalalari ko‘rib chiqildi.
Savol: 2017-yilga qanday nom berildi?
Javob: “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” deb nom berildi.
Savol: Ushbu she’riy parcha kimning qalamiga mansub?
Gul ochilar bahor bog‘ida
Va to‘lishar ona bog‘ida.
Ona sevmas farzand topilmas,
Farzand yo‘qdir onani sevmas.
Farzandg uldir, ona bir bo‘ston,
Shuning uchun jahon guliston.
Javob: Hamid Olimjon.
Savol: Yoshlarimizga qanday imkoniyatlar yaratilgan?
Javob: Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun sport inshootlari, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilar turli xil kutubxonalar, litsey-kollejlar barpo etildi, chet el oliygohlari ochildi.
-
Uygavazifasiniso‘rash:“Mening oilam” mavzusida matn tuzish.
-
Blitssavol-topishmoqlar
1. Nutqimizda qo‘llanar
Bir ma’noni bildirar.
(sinonim)
2. Oq-qora, yaxshi yomon?
Qanday so‘z? toping chaqqon. (antonim)
3. Qator kelsa ikki so‘z,
Bir xil ko‘radi har ko‘z.
Shakli biru ma’nosi
Boshqa-boshqa qaysi so‘z?
(omonim)
4. Nonu go‘shtni ko‘p yema,
Sut, qatiqni kam yema,
Agar yuray desang sog‘
Shularga qilsang amal
Sira bo‘lmaysan kasal.
Maтnda antonimlar
Toping-chi qaysi so‘zlar?
(ko‘p kam kasal sog‘)
5. Oltin qoshiq, oltin tish,
Kumush tola, kumush qish.
Oltin kumush so‘zlarin
Qanaqa ma’nolari? (ko‘chma ma’no)
6. Kibru havoli bo‘lsang,
Pushaymonlari bordir.
Kamtarin bola bo‘lsang,
Izzat-hurmating bordir.
Qaysi so‘zlar sinonim
Qaysilari antonim.
(kamtarin-kibruhavoli-antonim, izzat, hurmat-sinonim)
7. Bir so‘z yozilsa takror,
Orasida ne darkor?
Yaxshi o‘ylab topinglar,
Uch-to‘rt misol aytinglar. (chiziqcha, tez-tez)
-
Atash bor ma’nosida,
Bosh harf bor imlosida?
(atoqli ot)
-
Ma’nosida harakat, maqsad,
Kelgusida bo‘lar harakat?
(fe’l)
10. Oddiy belgi, rang-tusi
Bildiradi ma’nosi
Qaysi so‘z turkumining
Bor shundayin ma’nosi?
(sifat)
11. Lolaochilarbahor,
Lola suvicharnahor.
Qaysi so‘z atoqli ot?
Shoshilmayin o‘ylab top.
12. Rang, belgining ozligini,
Kamligin, kuchsizligin,
Bildiruvchi so‘zlar bor,
Toping, qandaynomibor?
(ozaytirma sifat)
-
Tarqatma savollarga javob berish
-
Berilgan so‘zlarga (’) tutiq belgisini to‘g‘ri qo‘ying.
Me’mor, elak, iste’dod, e’lon, Ra’no, ju’rat, ta’lim, shoir, ustoz, shu’la, hayot.
-
She’rdagi otlarni toping.
Oynurlarimudraydi
Yaproqlarningbetida
Teransukutshutunda
Onakabimeni-da
-
Kichkina Alisher mashhur fors-tojik shoirlarning asarlarini(могчитать) Qavs ichidagi so‘zlarni tarjima qiling.
-
O‘lchab olmoq o‘rgata olmoq, o‘ynay olmoq qo‘shma fe’llar ishtirokida gaplar tuzing.
5. Kim birovga chuqur qazisa, o‘zi yiqiladi. Gapdagi olmoshlarni toping.
6. Я хочу стать преуспеваюшим бизнеcменом
O‘zbek tiliga tarjimaqiling.(5daqiqa)
-
Yangi mavzu bayoni: Oilaman’analari
Lug‘at
Oila- семья
An’ana- традиция
To‘y- свадьба
Nikoh to‘yi- свадьба бракосочетание
Sunnat to‘y- свадьба обрезание
Tug‘ilgan kun-день рождения
Yangi uyga ko‘chish-новоселье
O’qituvchi:Oilaviy an’analar deganda nimani tushunamiz shu haqida qisqacha ma’lumot beraman.
Oilaviy an’ana – inson hayotining tarkibiy qismi, ijtimoiy turmushning madaniyat va undagi tarbiya o‘chog‘ining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir. Insoniyat kurashi, mehnati , boshqa juda ko‘p sohalarda erishgan yutuqlarini, muvaffaqiyatlarini faxrlanib nishonlashda hamda undan hamma xursand, shod va baxtiyorligi o‘z oilaviy an’analarida aks etadi.
-
Yelpig‘ich metodi. Bunda o‘quvchilarteng ikki guruhga bo‘linib, oila an’nalarining nomlari yelpig‘ich ichiga yozib chiqishadi.
Oilaviy marosimlar insoniyat hayotining tarkibiy qismi, ijtimoiy turmushning madaniyat va undagi tarbiya o‘chog‘ining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir. Marosimning ijtimoiy ahamiyati-insoniyat kurashi, mehnati, boshqa juda ko‘p sohadagi yutuqlarini nishonlashdan iborat. Marosim kishilarning bosib o‘tgan hayotini chuqur anglashga, muvaffaqiyatlaridan faxrlanishga, kelasikun uchun reja tuzib, unga umidbog‘lashga yordam beradi. Marosim shunday ruhiy-psixologik kayfiyatni vujudga keltiradiki, unda hamma xursand, shod va baxtiyor bo‘ladi.
Marosimning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u muhim an’analarni qollab, insoniyat madaniyatining yutuqlarini mustahkamlaydi.
0‘zbek xalq marosimlarini quyidagicha tasnif qilish mumkin:
An’anaviy xalq marosimlari.
Diniy marosimlar.
Kalendar marosimlari.
Oilaviy - maishiy marosimlar.
Oilaviy marosimlarga nikoh to‘ylari, tug‘ilgan kunlar, harbiy xizmatga kuzatish, ko‘mush va oltin to‘ylar, pasport topshirish, yangi uyga ko‘chib o‘tish, birinchi qadam va shunga o‘xshash marosimlar kiradi.
Oilaviy marosimlar bilan mavsum marosimlari o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Birinchidan, mavsumiy marosimlar yil fasllari, kalendar kunlari bilan bog‘liq bo‘lsa, oilaviy marosimlar yilnoma bilan emas, balki inson hayoti bilan bog‘liqdir.
Ikkinchidan, mavsumiy marosimlar, masalan, navro‘z, sus xotin yoki Oblo baraka marosimlari yilning aniq vaqtida nishonlanadi. Bu tipdagi marosimlarning o‘tkazilish vaqti qat’iy belgilangan.
Oilaviy marosimlar esa inson hayotidagi turli - tuman tadbirlar bilan bog‘Iiq holda yilning istalgan vaqtida o‘tkazilaveradi. Oilaviy - maishiy marosimlarning o‘tkazilish muddati hayotiy zaruratdan kelib chiqadi.
Oilaviy marosimlarning yana bir turi to‘y marosimlari hisoblanadi. To‘y dunyoning barcha xalqlariga xos marosimdir. Chunki, insonning bir yosh mansubiyatidan ikkinchi yosh mansubiyatiga, bir oilaviy hayot tarzidari ikkinchisiga o‘tishi hamma vaqt to‘y marosimi bilan nishonlangan. Mana shunga qarab hukm chiqarilsa, kishilar hayotidagi muhim burilishlar to‘y marosimlari vositasida qonunlashtiriladi. O‘zbek xalq to‘y marosimining bir necha turlari bor:
Beshik to‘yi marosimi. Beshik to‘yi chaqaloqning chillasi chiqqach, uning ota hamda ona tomonidan bobolari va buvilari o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan kunda, asosan, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar ishtirokida o‘tkaziladigan tantanali marosimdir. Ushbu marosimning yana bir o‘ziga xosligi, ishtirokchilar guruhi asosan ayollardan iboratliligi ko‘zga tashlanadi.
Xatna to‘ylari marosimi. O‘zbeklarda alohida tantana bilan o‘tkaziladigan to‘ylardan yana biri xatna hisoblanadi. Xalq o‘rtasida bu marosim sunnat to‘yi, qo‘lini halollash kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu marosimning paydo bo‘lishi qadimgi davrlardagi ibtidoiy an’analar bilan bog‘liq. O‘tmishda kishilarning turli yosh sinflariga bo‘linishi, bir yosh sinfidan ikkinchisiga o‘tishi maxsus marosimlar vositasida nishonlangan. Binobarin, o‘g‘il bolaning go‘dak yoshidan bolalik yoki o‘smirlik yoshiga o‘tishi xatna to‘ylari orqali nishonlangan. Xalq o‘rtasida bolaning qo‘lini halollamoq iborasi saqlanganligi ham shundan dalolat beradi.
Nikoh to‘yIari marosimi. O‘zbek to‘y marosimlari sirasiga kiruvchi nikoh to‘ylari marosimi rasm-rusumlarga, irim-sirimlarga boy. Folklorning rang-barangligi hamda ko‘tarinki ruhi, marosimning maqsad va vazifasi bilan - inson o‘z hayotining yangi davriga qadam qo‘yishini alohida quvonch orqali nishonlashi bilan bog‘liqdir. O‘zbek xalq nikoh to‘yi marosimi bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
Birinchi bosqich-qiz tanlash, tanlangan qizga sovchi yuborish, eshik ochdi va unashtirish, ya’ni fotiha qilish kabi marosimlar.
Ikkinchi bosqich-kelinni olib kelish va nikohlash
I guruh: To‘ylar:sunnat to‘y, nikoh to‘y, muchal to‘y, kumush to‘y va oltin to‘y, beshik to‘yi.
II guruh: Tug‘ilgan kun, askar oshi, yangi uyga ko‘chish, beshikka soldi, kelin ko‘rdi, birinchi qadam.
VII. Darsni mustahkamlash. ”Qadambaqadam” metodi. O’quvchilar ota –onaga oid maqollarni to’ldirib, izohlab beradilar.
1. OILADA
VATANDA
LITSEYDA
MAHALLADA
…HAMJIHATLIK BO‘LMASA, UNI BAXT TASHLAB KETAR.
-
OTA, ONA, BUVI
KEKSA, USTOZ,
BUVA, MUALLIM.
…OLDIDAN O‘TMA, ODOB OLDIDAN KETMA.
-
ONAM, OTAM,
USTOZIM, BUVIM,
DO‘STIM, QARIYALAR.
…ERTAGI YURTIM KURTAGI.
-
VATAN, OTA,
MAHALLA, OILA,
UMR, .SABR.
OTA....POYDEVORI
ONA UNING FARISHTASI.
VIII. “ROLLI O‘YIN” Yangi mavzu asosida diolog tuzishI
Sinkveyn texnologiya.
1 guruh
Ot
Sifat
Sifat
Ot
Son
Son
Fe’l
Fe’l
Gap
Aziza yangi va qiziqarli uch to‘rtta boshqotirma tuzib chiqdi
2-guruh
Olmosh
Son
Son
Ot
Sifat
Sifat
Fe’l
Gap
Fe’l
U 10-15 ta chiroyli gullar sotib oldi.(3 daqiqa)
IX. Darsni yakunlash. Guruhlar va undagi o‘quvchilar baholanadi. O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi.(7 daqiqa)
3-mashq. Maqollarni to‘ldiring.
1. …… .. ……, o‘zgani sher bil.
2. Kim ko‘p o‘qisa,.. … …… .
3. … …. , o‘lan to‘shaging.
4. Nima eksang, ….. ….. .
5. Kishining hurmati, ….. …. .
6. Birovga choh qazsang, …. ….. .
TATU qoshidagi Mirzo Ulug‘bek akademik litseyining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
Yodgorova Gulnoza
Do'stlaringiz bilan baham: |