Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja


Oilaning rekreativ funksiyasi



Download 102,98 Kb.
bet7/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Oilaning rekreativ funksiyasi


Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki ibtidoiy zamonlardan buyon uning uchun xarakterli bo`lib kelgan xususiyatlardan, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o`z a`zolarining ahloqiy-psixologik himoyalanishini ta`minlash, shuningdek, bolalarga va mehnatga yaroqsiz, keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko`rsatish kabilardan iborat bo`lib kelgan.
Bu holat o`z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan yana birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi — o`zaro jismoniy, moddiy, ma`naviy va psixologik yordam ko`rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a`zolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir.
Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o`z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta`minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko`rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo`lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o`z sog`liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari, sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o`z a`zolari ahloqiy-psixologik himoyalanganligini ta`minlashdagi roli tobora ortib bormoqda.Chunki odam faqat o`z oilasidagina va faqat o`z yaqinlari qurshovidagina o`zini tom ma`noda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin. Bu borada oilaning o`rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.
Oilaning felitsitologik funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felicite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi bo`lib bormoqda. Baxt nima o`zi? Hozirgi zamon oilasi o`z a`zolarining baxtini ta`minlashda qanday rol o`ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o`ziga ato etilgan baxtning to`rtdan uch qismini oiladan, qolgan qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to`liq tushunishi — ularning o`zlarini baxtli his qilishlarini ta`minlaydi. Shuningdek, o`zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro`yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o`zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba`zan nopok yo`llar bilan pul topish orqali baxtli bo`lishga intilish yoki o`zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. Ba`zan esa oila a`zolarining (ayniqsa, er-xotinning) shaxsiy baxtga o`z-o`zicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o`zida ko`proq vijdonlilik, poklik, halollik kabi ma`naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e`tibor berishi lozim.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish