4.TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR BO‘LGAN O‘SIMLIKLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
OSHLOVCHI MODDALARGA SIFAT REAKSIYALAR
Odatda o‘simlik tanidlariga sifat reaksiyalar qilish uchun 10% li suvli ajratma tayyorlab, 5 ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir- -ammoniyli achchiqtoshning va temir xloridning hamda alkaloidlar, o‘simlik shilliq moddalari va jelatinning1% li eritmasidan qo‘shiladi.
Temir tuzlari eritmasi probirkada tanidlar bo‘lsa, qora-ko‘k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil (pirokatexin guruhi) rang va shu rangdagi cho‘kma, shilliq moddalar, jelatin hamda alkaloidlar eritmasi qo‘shilgan probirkada esa rangsiz cho‘kma hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |