Mavzu: Ochiq ma’lumotlar bazasi
Bugungi kunda maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun turli tizimlar mavjud. Bulardan eng mashhurlari: MySQL, Oracle DB, PostgreSQL, MongoDB, SQLite Microsoft SQL server, IBM DB2.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:
Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.
Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.
Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.
Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish
Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish
Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish
Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.
Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik.
Eng keng tarqalgan model, relyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.
Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.
MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin. Munosabatlar haqida birozdan keyin alohida toʻxtalamiz.
Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Dasturchi sifatida yaratilayotgan dasturiy taʼminot, unda saqlanadigan maʼlumotlar va ularga qoʻyilgan talablarni tushunish maʼlumotlar bazasini loyihlashda ishingizni bir muncha osonlashtiradi.
Bazani ishlatadigan odamlardan intervyu oling
Hisob-fakturalar, ish jadvallari, so’rovnomalar kabi biznes hujjatlarni tahlil qiling
Mavjud ma’lumotlar tizimlarini oʻrganing (shu jumladan jismoniy va raqamli fayllar)
Mavjud maʼlumotlar istalgan koʻrinishda boʻlishi mumkin
Navbat ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak bo’lgan barcha maʼlumotlarni yig’ib, ularni turlarga ajratish: shaxslar, joylar, buyumlar, talabalar, fanlar, hodisalar va hokazo. Har bir turdagi maʼlumotlarning attributlarini ham aniqlab oling:
Xaridorlar
Ism
Manzil
Shahar, tuman, viloyat
E-pochta manzili
Telefon raqami
Mahsulotlar
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |