Mavzu; O. Sharafiddinovning “Dovondagi o’ylar” kitobini o’qib o’rganish. - Ozod Sharafiddinov adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. O.Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ildi. Toshkentdagi 14-o‘rta maktabni, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955).
- XX asrning 60-80 yillarida u Cho‘lpon hayoti va ijodini targ‘ib qilishga intildi. O. Sharafiddinov o‘zbek adabiyotining Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: «Iste’dod jilolari» (1976), «Adabiy etyudlar» (1968), «Abdulla Qahhor» (1988), «Birinchi mo‘jiza» (1979). Olim ijodida o‘zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan «Yalovbardorlar» (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o‘rin egallaydi.
- Ozod Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha O‘zbekiston Milliy universitetida professor bo‘ldi. 1995—1997 yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari vazifasini bajardi.
- U 1997 yildan beri «Jahon adabiyoti» jurnalining bosh muharriri. Ozod Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999), «Mehnat shuhrati» (1997) ordenlari sohibi. 2002 yil 23 avgustda Ozod Sharafiddinovga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berildi.
- 2005 yil, 76-yoshida vafot etdi.
“Dovondagi o’ylar” kitobi O‘zbekiston Qahramoni, olim va adib Ozod Sharafiddinov mazkur asarida asrlar va asrdoshlar, istiqlol va uning olis, yaqindagi jonfidolari, darg‘alari obrazini yaratgan. Kitobdagi maqola, badialarda mehr-muhabbat, insoniy muruvvat masalalari keng, asosli mushohada, hayotiy voqea-hodisalar orqali tasvirlanadi. Asardagi barcha maqolalarni asosiy qahramon — kitob muallifining Olam va Odam haqidagi keng, teran o‘ylari o‘zaro bog‘laydi. Asar izlanuvchi, fikrlovchi, hayot mag‘zini chaqishishga intiluvchi kitobxonlar hurmatini qozonadi degan ishonchdamiz. Қўл қовуштириб, осмонга қараб ўтирган билан ҳеч қачон осмондан чалпак тушмайди. Фақат яхши ниятлар қилиш, шу ниятларга интилиш, фаол меҳнат қилишгина инсон ҳаётининг мазмунан тўлиқ бўлишини таъминлайди. - Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” kitobi
- Чемпион бўлншингизда ҳал қилувчи роль ўйнаган омиллар нима? — «Суянчиғим бор эди. Мени бутун эл-юрт, бутун халқ қўллади. Мен Президентимиз Ислом Каримовнинг мададини ҳамиша сезиб турдим», — деб жавоб берди Рустам. Дарҳақиқат, кўп йиллар мобайнида ўзбек шахматчиларининг жаҳон майдонларига чиқмай келаётганликлари боиси айни мана шунда — ғамхўрликнинг, эътиборнинг йўқлигидан бўлмаганмиди? Эътиборсиз ташлаб қўйилган шахматчилар ўз ёғига қовурилиб ётаверганлар
- Уларда истеъдод ва имконият бўлса-да, кўзи ёпилиб қолган булоқцек эди. Бу булоқнинг кўз очмоғи учун Ватанимизнинг мустақил бўлиши керак эди. Менинг ҳамкасб дўстим Саъдулла Ҳаким «Ҳуррият» газетасида эълон қилинган жуда яхши эссесида Гата Камский деган ёш шахматчининг тақдирини эслайди.
Etiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |