Mavzu: nutqning to‘G‘riligi, aniqligi va mantiqiyligi reja



Download 139,5 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2022
Hajmi139,5 Kb.
#438702
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu notiqlik san\'ati

  • MAVZU:NUTQNING TO‘G‘RILIGI, ANIQLIGI VA MANTIQIYLIGI
  • REJA.
  • Og`zaki nutq va unga qo`yiladigan talablar.
  • Yozma nutq va unga qo’yiladigan talablar
  • Nutqning aniqligi va to’g’riligi.
  • Nutqning tozaligi va sofligi.
  • Tayanch tushunchalar.
  • Talaffuz, me’yor, kelishik adabiy til, noadabiy qatlam, sheva, lahja, oddiy nutq, jargonlar, argolar, varvarizmlarm, vulgarizmlar. O’zbek tili, milliy til, o’lik tillar, adabiy til, noadabiy qatlam, sheva, dubletlar, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqning aniqligi va nutqning to’g’riligi, nutqning tozaligi nutqning sofligi. Matn, mulohaza, tasvir, muhokama, tanqidiy nutq, bayon, annotatsiya, sharh, tavsifnoma, ma`ruza va maktub.
  • Fikrni ifodalash usuliga ko`ra nutq ikki xildir:
  • A) Og`zaki nutq; B) Yozma nutq;
  • Og`zaki nutq bilan yozma nutq o`zaro ma`lum darajada farqlanadi. Bular tubandagicha: og`zaki nutq yozma nutqqa qaragarda, juda qadimiydir. Og`zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni esa ko`ramiz, o`qiymiz, Og`zaki nutq formal ko`rsatkichga ega emas, yozma nutqning formal belgilari juda ko`p va rang-barangdir. Og`zaki nutqda intonatsiya xizmat qilsa, yozma nutqda tinish belgilaridan foydalaniladi.
  • Yozma ish turlarini tubandagicha tiplarga ajratish mumkin. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar ko`pincha badiiy asarlar matnini o`rganish bilan bog`liq holda o`tkaziladi. Bunday yozma ishlarning asosiy maqsadi talabalarning nutqini o`stirishga, kitob ustida mustaqil ishlashga qaratilgan bo`ladi.
  • Bunday yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun zarur materiallar tanlash, matndan muhim o’aktlar, misollar keltirish, fikrni reja asosida sistemali yoritish, tezis, konspekt tuzish kabi malakalarni egallashga yordam beradi.
  • Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Bu talablar nutqning asosiysifetlarn, xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to`g`riligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi, va maqsadga muvofiqligidir.
  • 1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi».
  • Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir.
  • Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.
  • Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo
  • Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta.
  • Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarni ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi.
  • 2. Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G’arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz «Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi.
  • Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi.
  • Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.
  • 3.Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug`aviy birlik ham matiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman, anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e`tiborsizlik natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e`tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatidan oldin bajaradilar (gazetadadan)» Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti.
  • Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega.

Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma durrak, poshul!) (Mirmuhsin).

  • Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma durrak, poshul!) (Mirmuhsin).

Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular, asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A. Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet)

  • Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular, asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A. Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet)

5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq ta`sirchan sanaladi».

  • 5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq ta`sirchan sanaladi».
  • Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi.

Adabiy normani buzish nutq so`zlayotgan jarayonda to`siq hosil qilmagan hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais boradigon bo`pti.

  • Adabiy normani buzish nutq so`zlayotgan jarayonda to`siq hosil qilmagan hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais boradigon bo`pti.
  • Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi - fonemalar, ularning sifatlari, ma`lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi.
  • O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo`lgan uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida har qadamda o`zining borligini sezdirib turadi.
  • Adabiy talaffuz ba`zi bir uslubiy xususiyatlariga ham egadir. Ba`zan so`z, so`z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy buyokka ega buladi. So`zlashuv nutqida esa ular uslubiy buyoksiz aytila beradi. So`zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb etishi mumkin

Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish