DIALOGIK NUTQ - DIALOGIK NUTQ
- Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarakteristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshidir.
- Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o’zgalar uchun ko’pincha tushunarsiz bo’ladi.
- Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, REAKTIV nutqdir. Dialogik nutq ko’pincha biror fikrga, luqmaga, hatto nutq bilan bog’liq bo’lmagan stimullarga javob tariqasida (qo’lini eshik qisib olgan kishi - "Ox, qurib ketsin!" deydi) yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |