SO`ZLASHUV USLUBI
Bu uslub keng qo`llanadigan uslublardan biridir. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo`llaniladigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubi hisoblanadi. So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi diologik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi: –badbaxt fitna! Qo`yasanmi-qo`ymaysanmi axir?
Unli tovushlarni cho`zish (kelaqo…l, bo`…l), ayrim undosh tovushlar orttirilishi (maza, haqqing yo`q, huvBBB) kabi holatlar kuzatiladi.
Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati gap bo`laklari tartibi erkinligidir. Bu uslubda ko`proq sodda gaplar, to`liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
PUBLITSISTIK USLUB
Ommaviy axborot vositalari uslubi, tashviqot-targ`ibot ishlari olib borishda foydalanadigan nutq tili publitsistik uslub hisoblanadi. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo`lib, soddalik, tushunarlilik ta’sirchanlik adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Bu uslubda reja, anjuman, farmon, ijro, kengash, ishtirokchi, hukumat, davlat kabi ijtimoiy – siyosiy so`zlar keng qo`llanadi.
Publitsistik uslubning ham og`zaki va yozma shakllari mavjud. Radio – teleBidenie uslubi publitsistik uslubning og`zaki shaklidir, gazeta, jurnal uslubi esa yozma shaklga hosdir. vahor… bu kun olam uyg`onmoqda. Ana yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko`tarmoqda.
BADIIY USLUB
Badiiy asarlar tili badiiy uslubda bo`ladi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Masalan: Martning oxirgi kunlari. Ko`k yuziga suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan behabar, hanuz g`aflatda yotgan o`t-o`lanni, qurt-qumursqani, avvalgidan ham yorug`roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotgandek tuyuladi.
Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo`lgan barcha vositalardan foydalanishi. mumkin. Tasvirlanayotgan davr ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlarni, qahramonlar fe’l-atvorini ko`rsatish maqsadida noadabiy til qatlamlariga xos so`zlarni qo`llashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |