Mavzu: nutq uslublari. Abduxalilov Abduxamid 650-20 guruh talabasi



Download 5,99 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi5,99 Kb.
#755565
Bog'liq
Mavzu nutquslublari-fayllar.org


Mavzu: nutquslublari

MAVZU: NUTQ USLUBLARI.

Abduxalilov Abduxamid 650-20 guruh talabasi

Og`zaki so`zlashuv uslubi

Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:

1. Adabiy so`zlashuv uslubi

2. Oddiy so`zlashuv uslubi.

Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.

Ilmiy uslub

Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi.

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.

Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:

1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi;

2) nutqning ma’lumotlarga boyligi;

3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;

4) muallif individualligining sezilmasligi;

5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;

6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;

7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;

8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;

9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;

10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi); 11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish; 13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; 14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.

Rasmiy-idoraviy uslub

Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.

Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:


  • 1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;

  • 2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:

  • uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;

  • 3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;

  • 4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;

  • a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.

  • b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;

5) hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi. 6) hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi. 7) hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart. 8) hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. 9) hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.

Publitsistik uslub

Publitsistika (lot publika xalq,omma) davrning eng muhim dolzarb masalalarini tinglovchilarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali sodir bo’layotgan voqealarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng muhim xususiyati- nutqning jamiyatga qaratilganligi.

Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi.

Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti. Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega.

Badiiy uslub

Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.

Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.

Badiiy uslubning kommunikativ vazifasi: Ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish. Badiiy uslubning eksprissiv vazifasi: O’quvchilarga ta’sir qilish. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslub amaliy hayotnng barcha tomonlarini qamrab oladi.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!



http://fayllar.org
Download 5,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish