Xavfsizlik – bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bo`lsa shu maqsadga erishish uchun qo`llanadigan vositalar, yo`l-yo`riq, qo`llanmalar usullardir.
HFX – bu xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir.
Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko`rilayotgan bilim sohasida aloqador to`g`rsida to`la tasavvur qilishga metodologik ahamiyatga ega.
Asos (negiz, printsip)-bu fikr, g`oya, maqsad (asosiy holatdir).
Usul-bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`li.
Xavfsizlikni ta'minlash choralari – bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar – bu xavfsizlikni ta'min etishdagi mantiqiy pog`onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog`liq.
Xavfsizlikni ta`minlashda psixologiyaning ahamiyati
Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) — psixik jarayonlar, xossalar, holatlar farqlanadi.
Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Busiz bilimlarni jamlash, hayotiy tajribaga ega bo`lish mumkin emas. Psixik jarayonlar bilish-sezish, his-tuyg`u qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi.
Psixik xossalar shaxsning o`ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo`nalishi, xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik, zakovatlilik, his-tuyg`u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi va u o`zgarmas hamda doimiydir.
Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog`lanishi mumkin.
Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o`rin tutadi.
Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog`liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma`lum daraja chegaragacha ijobiy ta`sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko`tarish ish qobiliyatini yo`qotishgacha olib kelishi mumkin.
Insonning psixik holatiga ta`sir etadigan omillar umidsizlanish, kayfiyatning buzilishi, qo`pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo`lmasligi uchun tashkiliy tadbir-choralar amalga oshiriladi.
Shu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta`sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo`llanadi.
Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va h.k.) ichilsa, inson bir oz tinchlanadi, lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi.
Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta`sir etadigan alkogol ichimliklarni iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati barqaror bo`lishi uchun tadbir-choralar ko`rish, takomillashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |