Muammolar echimi uchun harakat qilinmayapti? Albattaijobiy siljishlar bor. So‘nggi oylarda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solishda katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
1. 2019 yil 24 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1028-son qarori tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan:
Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustavi tasdiqlandi. Unda nodavlat umumta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari, ta’lim jarayonini tashkil etishga talablar, ta’lim oluvchilar, ota-onalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilab berildi;
2020 yil 1 oktyabrga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari, ularning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ni yaratish vazifasi qo‘yildi;
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibiga hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini 15 va 30 ish kuniga uzaytirish orqali arizalarning sifatli va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash, nodavlat ta’lim tashkilotlari haqidagi ma’lumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritib borishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
2. Inspeksiyada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari va rad etishda qonun hujjatlariga amal qilish darajasi ortmoqda.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 apreldagi 361-son qaroriga asosan nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar cheklanmagan muddatga berila boshlandi va tadbirkorlar har 5 yilda litsenziyani uzaytirish majburiyatidan xalos etildi.
4. 2020 yil 31 yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–5930-son Farmoni bilan sohani takomillashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi. Xususan,
- chet tillarni o‘rgatish faoliyatini litsenziyalash jarayonini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish uchun ushbu xizmatni Inspeksiyaga o‘tkazish (joriy yilga qadar viloyat hokimliklari huzuridagi komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilgan);
- nodavlat ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash uchun maxsus axborot tizimini ishlab chiqish va uni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish;
- nodavlat ta’lim tashkilotlari haqida arxivlarda saqlanayotgan ma’lumotlarni izchil raqamlashtirish;
- ta’lim xizmatlarining ayrim turlarini litsenziyalash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatiga hozir talab katta. CHunonchi, “Kelajak avlodning bilim darajasi – yurtimiz taraqqiyotining muhim tamal toshidir”.