Mavzu: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish Maqsad


Litsenziya olish uchun nimalarni taqdim etish kerak va murojaat qay tariqa ko‘rib chiqiladi?



Download 61,34 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2022
Hajmi61,34 Kb.
#506097
1   2   3   4
Bog'liq
Аmaliy 3

Litsenziya olish uchun nimalarni taqdim etish kerak va murojaat qay tariqa ko‘rib chiqiladi?
Talabgor litsenziya olish uchun:

  • yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati ko‘rsatilgan ariza (arizada litsenziya talablari va shartlariga rozilik ko‘rsatiladi);



  • yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalar bo‘yicha xulosalari;



  • pedagog kadrlar haqida ma’lumot;



  • o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalarini taqdim etadi hamda ariza ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im to‘laydi.

Inspeksiya oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 30 ish kuni, boshqa turdagi ta’lim muassasalari bo‘yicha 15 ish kuni muddatda hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganib litsenziya berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi. Bunda hujjatlar maxsus ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda talabgor bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat bojini to‘laydi va unga cheklanmagan muddatga elektron litsenziya taqdim etiladi.
Sohada muammolar bormi?
Har qanday ishda ham muammolar bo‘lgani kabi nodavlat ta’lim muassasalarini litsenziyalash jarayonida ham bir necha tizimli muammolar mavjud.
Birinchidanba’zida sub’ektiv, ba’zida ob’ektiv sabablarga ko‘ra tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari buzilish holatlari takrorlanib kelgan. Natijada, nodavlat ta’lim tashkilotlarini litsenziyalashda o‘tgan 2019 yil davomida 600 dan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Buning ikki asosiy sababi bo‘lib:
bir tarafdan, 2019 yil dekabr oyiga qadar normativ-huquqiy hujjat talabiga binoan har qanday nodavlat ta’lim muassasasining arizasini ko‘rib chiqish uchun 10 kun berilgan edi va katta hajmdagi o‘quv dasturlarini tekshirish uchun ba’zida bu muddat kamlik qilardi;
boshqa tarafdan, Inspeksiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqishda ma’lum xato amaliyot ham yo‘lga qo‘yilgan edi. Xususan, qonun hujjatlari talabiga muvofiq litsenziya berish rad etilgan hollarda rad etish xabarnomasida kamchiliklarni bartaraf etish uchun etarli muddat ko‘rsatilishi lozim. Biroq ko‘plab arizalarga javoblarda ushbu talab bajarilmagan. Bundan tashqari, vakolatli organ Inspeksiya ekanligiga qaramasdan ba’zi hollarda uning hududiy bo‘linmalari, ba’zida esa maxsus tashkilotlarning xulosalari orqali rad etilib, Inspeksiya qarori ko‘rsatilmagan va boshqa qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.
Ikkinchidan, hokimliklarda ish jarayonining o‘ziga xosligi tufayli litsenziyalash umumiy faoliyat yo‘nalishiga xos bo‘lmagan deb hisoblanib, ancha payt ushbu funksiyaga etarli e’tibor qaratilmagan va davomli davr mobaynida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida qonun buzilish holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan, ayrim turdagi ta’lim yo‘nalishlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan aniq qamrab olinmaganligi huquqni qo‘llash amaliyotida muammo va tushunmovchiliklar keltirib chiqarmoqda. Misol uchun, ba’zi turdagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan nizomdan chetda qolib ketgan.

Download 61,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish