Mavzu: Nerv- muskul preparatini tayyorlash. Reja



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana13.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#173120
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
семинар

                 

 

 

 

                                

 

 

Mavzu:  Ko’r  dog’ni  aniqlash.  Ko’rish  o’tkirligi  va  ko’rish  maydonini 

aniqlash. 

Reja:  


1.   Ko‘rish o‘tkirligini aniqlash. 

                                           2. Ko‘rish maydonini aniqlash-Perimetriya usuli. 

                                               3. Ko‘r dog‘ning mavjudligini aniqlash.

  

Analizator  haqida  tushuncha.  A'zoning  muhit  bilan  o’zaro  ta'sir  jarayonida,  unga 



ko’rsatiladigan    ta'sirlarni taxlil qilish katta ahamiyatga ega.  Bu taxlil organizmning reflektor 

reaktsiyalari  tavsifini  belgilaydi,  uning  sharoitga  moslanishini  ta'minlaydi.  Odamning  miyasida 

periferiyadan kelgan asab impulslari nozik taxlil va murakkab sintez qilinadi. Bu signallar katta 

yarim  sharlar  po’stlog’iga  borib,  dunyoni  bilishning  oliy  shaklini  ta'minlaydigan  sezgini  hosil 

qiladi. 

Tashqi muhitda va organizm ichida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qabul qilish va taxlil 

qilish maxsus tizimlar orqali amalga oshadi, bular sezuv a'zolari, ya'ni analizatorlar deb ataladi. 



Taxlil qilish faoliyatida faqat retseptorlar emas balki asab markazlari ham qatnashishi zarurligini 

alohida o’qtirish uchun I.P.Pavlov «analizator» terminini taklif etgan. Bu termin retseptorlardan 

tortib to katta yarim sharlar po’stlog’ining muhit ta'sirotini qabul qiluvchi va oliy taxlil qiladigan 

sezuvchi (afferent) markazlarigacha  bo’lgan barcha asab qurilmalarini o’z ichiga oladi.  

Yuqori  hayvonlar  va  odam  organizmida  bir  qancha  analizatorlar  bo’ladi.  Har  bir 

analizatorlar uch bo’limdan iborat; 1) periferik, ya'ni retseptor qismi, 2) oraliq qismi va 3) oliy, 

ya'ni po’stloq qismi.  

Retseptorlar-analizatorlarning  periferik  qismi-evolyutsiya  jarayonida  muhitning  biror 

ta'sirotini  qabul  qilishga  moslashgan  juda  sezgir  hosilalardir.  Bunda  har  bir  retseptor  ma'lum 

qitiqlagichga  nisbatan  kuchli  sezuvchan  bo’ladi.  Ba'zi      bir  retseptorlar  (yorug’lik,  tovush 

retseptorlari  va  boshqalar)  tegishli  ta'sirotlarni  qabul  qilish  uchun  qulay  sharoit  yaratadigan 

murakkab  yordamchi  apparatlar  (masalan,  ko’zning  nurni  sindiruvchi  apparati  va  shunga 

o’xshashlar) bilan ta'minlangan. 

Tashqi  muhit  ta'sirotlarini  qabul  qiladigan  retseptorlar  eksteroretseptorlar  deb  atalgan. 

Organizm  ichida  sodir  bo’ladigan  o’zgarishlarni  qabul  qiladigan  retseptorlar  interoretseptorlar 

deb ataladi.  

Harakatlantirish apparatining interoretseptorlari yana proprioretseptorlar deb ham ataladi. 

Ham tashqi, ham ichki muhitdan ta'sirotlarni qabul qiladigan retseptorlar ham bo’ladi, masalan, 

terida va ichki a'zolarda joylashgan, xarorat va og’riqni qabul qiladigan retseptorlar. 

Analizatorlarning oraliq bo’limi retseptorlarni katta yarim sharlardagi tegishli hujayralar 

bilan  birlashtiradi.  Analizator  tarkibida  albatta  uchta  nevronli  tizim  bo’ladi.  Birinchi  nevron  

hamma  vaqt  markaziy  asab  tizimidan  chetda joylashgan    bo’lib,  retseptorlardan markaziy  asab 

tizimining  bir  bo’limiga  (orqa  miyaga,  uzunchoq  miyaga  yoki  o’rta  miyaga)  impulslar  olib 

keladi.  Miyaning  ko’rsatilgan  qismlarining  sinapslarida  impulslar  bir  nevrondan  ularni  ko’rish 

bo’rtiklariga  olib  boruvchi  nevronlarga  uzatiladi.    Ko’rish  bo’rtiklarida  qo’zg’alish  ikkinchi 

nevrondan  uchinchisiga  qo’zg’alishni  katta  yarim  sharlar  po’stlog’iga  olib  boruvchi  nevronga 

uzatiladi.  Analizatorning  afferent  yo’llari  orqali  kelgan  impulslar  markaziy  asab  tizimining  har 

bir bo’limida reflektor aktlarni yuzaga chiqarishi mumkin. 

Har bir analizatorning  oliy (po’stloq)  bo’limi katta yarim sharlar po’stlog’ining mahsus 

tuzilishiga ega bo’lgan va uning ma'lum maydonida joylashgan asab hujayralaridan iborat. 

Taxlil qilish funktsiyasiga  asab tizimining barcha elementlariga  – retseptordan tortib, to 

miyaning  po’stloq  hujayralarigacha  taaluqli  bo’lib,  biroq  ular  turli  darajada  (mukammallikda) 

bajariladi. Muhit ta'sirining birinchi taxlili analizatorning  periferik bo’limidayoq bo’ladi.  

Retseptorlardan  biri    organizm  uchun  yorug’likni,  boshqasi  tovushni  va  shunga 

o’xshashlarni  ajratadi.  Analizatorlarning  oraliq  bo’lmidagi  asab  markazida  bu  taxlil  davom 

ettiriladi.  Ular  ta'sirotning  sifati  va  tezligiga  qarab  turlicha  javob  beradi.  Biroq  bu  hali  nisbiy 

elementar taxlil bo’lmaydi.  

Oliy  juda  nozik  taxlil  analizatorning  katta  yarim  sharlar  po’stlog’idagi  oliy  markazlar 

ishtirokidagi,  qo’zg’alish  va  ichki  tormozlanish  jarayonining  (asosan  differentsiatsiyalovchi 

tormozlanishning) aniq nisbati asosida bajariladi. 

Periferiyadan  kelgan  signallarning  asab  tizimidagi  taxlili  sintez  bilan  birgalikda  amalga 

oshadi.  Bunday  taxlil  sintez  faoliyati  natijasida  buyumlarni  va  dunyo  xodisalarining    real 

xodisalarini aks ettirish sezgisi yuzaga keladi. 

Asab  tizimida  taxlil  bo’ladigan  periferiyadagi  signallar  organizmning  mos  keluvchi 

reflektor faoliyatini yuzaga chiqaradi. Shunday qilib, ular bir qancha reflektor reaktsiyalar uchun 

ishga tushiruvchi ahamiyatini o’ynaydi.  

Biroq  ishga  tushirish  bilan  bir  qatorda,  bu  signallar  organizmning  faoliyati  uchun  yana 

nazorat  qilish  va  tuzatish  ahamiyatiga    ham  ega.  Masalan,  markaziy  asab  tizimi  efferent 

impulslar orqali biror faoliyatni (masalan, harakatni) yuzaga chiqaradi. Bu faoliyat  periferiyada 

tug’ilgan  sharoit  bilan  bog’liq  xolda  ishchi  a'zolarda  (mushaklarda,  paylarda  va  xakozalarda) 

joylashgan  turli    retseptorlar  qitiqlanadi.  Bu  retseptorlardan  boshlangan  impulslar  asab 



markaziga keladi va periferiyadagi o’zgarishlarning turi va darajasi haqida xabar qiladi. Shunday 

qilib, aksincha bog’lanishni vujudga keltirib, o’ziga xos tuzatish faoliyatini hosil qiladi. 

Analizatorlar;  yuqori  darajadagi  qo’zg’aluvchanlik,  adaptatsiya  (moslanish),  kontrast 

xodisasi va ta'sirot keti, kabi umumiy xossalarga ega. 

Analizatorlarning eng tavsifli belgisi o’ziga xos (adekvat)qitiqlagichlarga nisbatan yuqori 

qo’zg’aluvchanlikda bo’lishidir. Masalan, ko’rish analizatori yorug’lik qitiqlagichlarga, eshitish 

analizatori-tovush va hakozalarga juda qo’zg’aluvchan bo’ladi. 

Qitiqlagich ta'sir  etishi  jarayonida  analizatorning  turli  bo’limlarining  qo’zg’aluvchanligi 

umuman o’zgaradi. Bu o’zgarishlar qitiqlagichning ta'sir kuchiga moslashish xarakterida bo’lib, 

adaptatsiya (moslashish) nomini olgan. 

Adaptatsiya  qo’zg’alishning  ortishi  yoki  kamayishi  shaklida  bo’lishi mumkin.  Masalan, 

qorong’ilikda  ko’rish  analizatorining  ishi  ancha  ortadi  kuchsiz  ta'sirotga  adaptatsiya  bo’ladi, 

chunki  yorug’lik  ta'sirida  ko’rish  analizatorining  qo’zg’aluvchanligi  pasayadi  kuchsiz  ta'sirotni 

qabul qilishga moslashgan bo’ladi. 

Kontrast  xodisasi  analizator  qo’zg’aluvchanligining  biror  qitiqlagich,  bundan  oldin 

bo’lgan  yoki  bir  vaqtda  bo’layotgan  kontrast  qitiqlagich  (sifat  jihatdan  keskin  farq  qiladigan) 

ta'sirida ortishidir. Masalan,  sovuq ovqatdan keyin issiq aslidagiga qaraganda issiqroq tuyo’ladi, 

qoradan  keyin  oq  juda  ochiq  ko’rinadi  va  xakoza.  Kontrast  xodisasi  analizatorning  qismidagi 

induktsiya jarayoniga bog’liq. 

Analizator  qitiqlanganda  unda  hosil  bo’lgan  qo’zg’alish  qitiqlagich  ta'siri  tuxtagandan 

keyin  ham  bir  qancha  vaqtgacha  davolm  etadi  va  asta  –  sekin  so’nadi.  Bu  xodisa  ta'sirot  keti 

nomini olgan. Bu qitiqlagich tuxtab-tuxtab ta'sir etganda ham tuxtovsiz sezishning asosini tashkil 

etadi.  Masalan,  yorug’likning  etarli  darajadagi  tezlikda  yuzaga  kelishi  va  yo’qotilishida  u 

tinimsiz seziladi. 

Almashinuvchi  kinokadrlarning  ko’rish  analizatori  tomonidan    ajralmagan  xolda  qabul 

qilinishi va shunga o’xshashlar ta'sirot keti xodisasiga asoslangandir. 

Ta'sirot  keti  analizator  qitiqlanganda  unda  hosil  bo’lgan  qo’zg’alish  qitiqlagich  ta'siri 

tuxtagandan  keyin  ham  bir  qancha  vaqtgacha  davom  etadi  va  asta  sekin  so’nadi.  Bu  xodisa 

ta'sirot keti nomini olgan. 

Retseptorlar  ichki  va  tashqi  retseptorlar  deb  ikkita  katta  guruhga  bo’linadi.  Ichki 

retseptorlar-interoretseptorlar 

yuboradigan 

impulslar 

ichki 


a'zolarning 

xolati 


haqida 

(vistseroretseptorlar)  va  gavda  hamda  undagi  ayrim  qismlarning  fazodagi,  harakati  tug’risida 

(vestibuloretseptorlar 

va 


propriotseptorlar) 

signal 


berib 

turadi. 


Tashqi 

retseptorlar 

ekstroretseptorlar  tashqi  olamdagi  narsa  va  xodisalar,  ularning  organizmga  ta'siri  tug’risida 

signal berib turadi. 

Retseptorlar  ta'sirlovchilarning  fizik  tabiatiga  yarasha  klassifikatsiya  qilinishi  mumkin. 

Reytseptorlar shu tariqa qaysi ta'sirlovchilarga ko’proq sezgir bo’lsa, o’sha ta'sirlovchilar turiga 

qarab  quyidagi  turlarga    ajratiladi:  fonoretseptorlar,  fotoretseptorlar,  mexanoretseptorlar, 

termoretseptorlar, xemoretseptorlar, baroretseptorlar. 

Bundan  tashqari,  retseptsiya  a'zolari  ta'sirlanganda  kelib  chiqadigan  sezgilar  tavsifiga 

qarab klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu psixofiziologik klassifikatsiyaga muvofiq, retseptsiya 

organlari; ko’ruv, eshituv, hid bilish, tam bilish, issiq va sovuqni sezish, gavda vaziyatini bilish 

va og’riq sezish organlariga bo’linadi. 

Ba'zi retseptorlar organizmdan ancha olisdagi narsalardan keluvchi ta'sirotlarni qabul qila 

oladi.  Bunday  retseptorlar  distant  retseptorlar  deb  ataladi.  Ularga  ko’ruv,  eshituv,  xid  biluv 

retseptor. Boshqa kontakt retseptorlar faqat bevosita o’ziga tegib turgan, ya'ni retseptor apparatga 

yaqin yotgan narsalardan keluvchi ta'sirotlarni qabul qila oladi.    

Retseptorlar  adekvat  ta'sirotlarga,  ya'ni  qaysi  ta'sirotlarni  sezishga  maxsus  moslashgan 

bo’lsa,  o’sha  ta'sirotlarga  nisbatan  juda  yuksak  darajada  seziluvchanligi  bilan  farq  qiladi. 

Qo’zg’alish  ruy  berishi  uchun  zarur  bo’lgan  minimal  miqdordagi  energiyaga,  ya'ni  ta'sirot 

bo’sag’asiga qarab retseptorlarning qo’zg’aluvchanligi haqida fikr yuritiladi. 




Retseptorlarning  adekvat  ta'sirotlarga  nisbatan  qo’zg’aluvchanlik  bo’sag’asi  juda 

kichkina.  Masalan,  fotoretseptor  yorug’likning  yakka  kvantlari  bilan  qo’zg’alishi  mumkin. 

Kortiy  a'zoning  tukli  hujayralari  tovush  tebranishlarining  1  ga  teng  energiyasi  ta'sir  etganda 

reaktsiya ko’rsatadi.  

Shunday  qilib,  bir  qancha  retseptsiya  a'zolarining  sezuvchanligi  eng  mukammal 

zamonaviy fizik asboblar sezuvchanligiga tenglasha oladi. 

Retseptorlar  noadekvat    ta'sirlovchilar  ta'sirida  ham  qo’zg’alishi  mumkin.  Masalan, 

ko’zga  elektr    toki  mexanik  kuch  (zarb)  ta'sir  etganda  yorug’lik  sezgisi  kelib  chiqadi  («ko’zim 

chaqnab  ketdi»  degan  ibora  shundan  olingan),  shu  ta'sirlovchilar  quloqqa  ta'sir  etganda  tovush 

sezgisi  paydo  bo’ladi  («qulog’im  shangillab  ketdi»).  Lekin  noadekvat  ta'sirlovchilar  ta'sir 

etganda  retseptorlar  qo’zg’aluvchanligi  ko’p  marta  kamroq  bo’lib  chiqadi  va  masalan,  ko’zga 

mexanik  kuch  ta'sir  etganda  yorug’lik  sezilishi  uchun  uning  kuchi adekvat  ta'sirlovchi  kuchiga 

nisbatan milliard marta ortiqroq bo’lishi kerak.  

Retseptorlar qo’zg’aluvchanligi doimo bir xilda turmaydi. U bevosita retseptorlar xolati 

o’zgarganda,  shuningdek  markaziy  asab  tizimidan  (bosh  miya  po’stlog’i  va  retikulyar 

formatsiyadan)  keluvchi  impulslar  ta'sirida  ham  o’zgarishi  mumkin,  bular  retseptorlarning 

seziluvchanlik darajasini («sozlanishi») o’zgartiradi. 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish