Parda bilan qoplangan nerv hujayralarining o’simtasi nerv tolasi deyladi. Nerv hujayrasi
o’simtasining markaziy qismi o’q tsilindir deyiladi. Nerv tolalari mielinli va mielinsiz
bo’ladi. Miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann kavat bilan koplangan.Nerv tolasining asosiy
xususiyati o’tkazuvchanlik, labillilik, moddalari almashinuvning sekin borishi, nisbatan
charchamaslik hisoblanadi. Nerv tolalarining labilliligi turlicha bo’ladi. Ba`zi nerv tolalari
har lahzada bir necha o’nta impuls o’tkazsa boshqalari 500 tagacha impuls o’tkazadi. Qalin
mielin kavat bilan koplangan nerv toalari o’ta labillik xususiyatiga ega.Nerv toalari
qo’zg’alganda, muskular qo’zg’alishiga nisbatan ancha kam energiya ajraladi. Ingichka nerv
tolalar yo’g’on tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Keyingi tekshirishlarda nerv tolasining
charchashi isbotlangan. Nerv tolasi charchaganda biotoklarning kuchi o’zgaradi. Qo’zg’alish
impulsining tarqalishi 2-3 marta susayadi. Nerv tolasi ma`lum vaqt oralig’ida kelgan:
impulsiga nisbatan kamroq impuls o’tkazib, o’zining charchamasligini
1
ta`minlaydi.Nerv
tolasidan chiqqan ko’zg’alish to’lqinlarining o’tkazilishi nervning keyingi keladigan har bir
qismining yukori voltli potentsiallar bilan ta`sirlanishiga bog’liq. Qo’zg’alish potentsiallari
yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas, balki o’xtin-o’xtin tarqaladi. Qo’zg’alish
to’lqining nerv tolasidan o’tkazilishi o’zidan oldingi to’lqinga harakatlanyotgan yuqori voltli
pstentsiallarning xosil bo’lishiga boglikdir. Nerv tolosidan ta`sir o’tishi uchun u fiziologik
normal xolatda bo’lishi shart.Nerv tolasi kattiq sovitilsa yoki o’tkir zaharlansa, nerv
impulsnni o’tkazmaydi. Aralash nervlar tarkibdagi harakatlanuvchi sezuvchi nervlar esa
impulsni bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Impulslarni bu xilda ajralgan holda o’tkazilishi nervning
mielin qavat bilan koplanishi sabab bo’ladi.Nerv tolasidan ta`sir ikki tomonlama o’tadi. Buni
1877 yilda A.I.Babuxin Nil daryosi laqqa baligi elektr organining nervida isbotlagan. Agar
nerv tolasi baliq, tanasidan 'ajratib ko’yilsa, u 2-3 kundan keyin nobud bo’la boshlaydi. Nerv
tolasi qirqilganda esa nerv hujayrasi tanasi tomonidan o’sa boshlaydi. Nerv tolasining qayta
tiklanishi bilan impuls o’tishi ham qayta tiklanadi. Markaziy nerv sistemasining neyronlari
nerv tolasidan impulslarni bir tomonlama sezuvchi retseptordan ishchi organga o’tkazadi. Bu
nerv impulsining sinapslar orqali o’tkazilishiga bogliq Qo’rg’alish impulsi qo’zg’algan
to’qimaning hamma qismiga bir tekis to’la tarqaladi. Bunga dekermentsiz o’tkazilishi
deyiladi. Nerv tolasi qancha yo’g’on bo’lsa, qo’zgalish shuncha tez o’tadi. Nerv tolalari
qo’zgalishiga ko’ra A,V,S gruppalarga bo’linadi. A gruppaga miyelin qavati qalinroq,
diametri 12-22 mkm bo’lgan nerv tolalari kiradi, ular orqali ta`sirot bir sekundda 70-120
m/sek tezlikda o’tadi. Bu gruppa nerv tolalari o’ta elektrik aktkivlikka ega. V gruppaga
vegetativ nerv sistemasining ba`zi tolalari kiradi. Bularning diametri 1-3 mmk bo’lib,
issiqqonlik hayvonlarda ta`sirni 3-14/sek tezlikda) o’tkazadi. S gruppa nerv tolaari yumshoq
qavatsiz bo’lib,
diametri juda kichik
, bularga; asosan simpatik nerv tolalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: