Misr va Mesopotamiyada rivojlangan bronza davri boshlangan bo’lib, quldorlik davlatlari tarkib topa boshlagan, Shimoliy Yevropada qadimgi odamlar endigina neolit davriga o’ta boshlaganlar, chekka Shimol va shimoli-sharqiy Osiyoda esa paleolit davri davom etayotgan edi. Chatal-Guyuk yoki Chatal- Хyuyuk (turk. Çatalhöyük [tʃaˈtal.højyk] yoki Çatal Höyük va Çatal Hüyük yodgorligi Anadoli (Anatoliya) shahridan janubda joylashgan neolit davriga oid yirik manzilgohdir. Chatal-Guyuk (Chatal- Хyuyuk) Manzilgohning quyi qatlami mil. avv. 7500 yillarga oid bo’lib, mil. avv. 5700 yilgacha qadimgi aholi yashagan. Ular manzilgohni bronza davri arafasida tashlab ketishgan Neolit davriga oid Chatal-Guyuk (Chatal- Хyuyuk) manzilgohining umumiy maydoni 13 ga ni tashkil etib, shundan 0,5 ga maydonida qazuv ishlari olib borilgan Chatal-Guyukdagi aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shuningdek, bug’doy, arpa, dukkakli o’simliklarni yetishti rishgan, yovvoyi holda o’suvchi bodom, pista va mevalar bilan oziqla nishgan. Qo’y va yirik shoxli mollarni boqishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |